250
teshiklar halqasimon (kolsevoy) parma bilan parmalanadi, Bunda hosil bo‘lgan
o‘zak metal, homashyoning ko‘p
qismini tashkil etadi, undan boshqa detal olish
uchun foydalaniladi.
Parmalashni ikki xil usuli mavjud: parmaga aylanma va ilgarilanma harakat
berib ishlash (parmalash va ichki yo‘nish stanoklari) va detalga aylanma va
parmaga ilgarilanma harakat berib ishlash (tokar-revolver stanoklari).
Parmaga aylanma va ilgarilanma harakat berib teshik ishlanganda,
parmaning teshik o‘qidan qochishi ya’ni noaniqligi (uvod sverla), detalga aylanma
va parmaga
ilgarilanma harakat berib, teshik ochish usuliga qaraganda noaniqdir.
Yaxlit materiallarda teshiklarni ishlanganda parmani teshik o‘qidan
qochishini kamaytirish uchun parmalashni bikrligi yuqori bo‘lgan parmalarda
(tokar-revolver stanoklarida va avtomatlarda) va yo‘naltiruvchi vtulkalari bo‘lgan
konduktorlarda (parmalash va ichki yo‘nish stanoklarida) olib borish kerak.
Konduktor - bitta operatsiya bajarish davomida bir nechta teshiklarni va ular
orasidagi masofalarni aniq qilib olish imkonini beradi.
Parmalashda konduktorni qo‘llash, aylana markaz o‘qini va ular orasidagi
masofani belgilash operatsiyasini qisqartiradi. Bu o‘z navbatida ishchining vaqtini
tejaydi, aniqlik ortadi.
Teshiklarni parmalashni unumdorligini oshirish uchun ko‘p
shpindelli
kallaklar va mahsus (ko‘proq agregat) stanoklar qo‘llaniladi.
Agar berilgan teshikni aniqlik kvaliteti H12 bo‘lsa, uning aniqligini yanada
oshirish uchun zenkerlash, razvertkalash va ichki yo‘nish operatsiyalarini bajarish
kerak.
Parmalash stanogida ketma-ket parmalash, zenkerlash, razvertkalash
operatsiyalari
bajarilsa, vtulkalari o‘zgaruvchan konduktorlardan va stanok
shpindeliga o‘rnatiluvchi asbobning tez almashinuvchi patronlaridan foydalaniladi.
Agar ishlanayotgan detalning konduktor bilan birgalikdagi massasi 15 - 20
kg dan kam bo‘lsa, ish vertikal - parmalash stanoklarida, agar massasi undan katta
bo‘lsa, radial - parmalash stanoklarida olib boriladi.