1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Detallarning ichki silindrik shakliga ishlov berish



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

12.2. Detallarning ichki silindrik shakliga ishlov berish. 
12.2.1. Teshiklarni turlari va ularni ishlash usullari
Mashina detallarida teshiklar silindrsimon, pog‘onali, konussimon, fason 
ko‘rinishda bo‘ladi. Teshiklar ikki tomondan ochiq yoki bir tomondan berk bo‘lishi 
mumkin. 
Teshiklarni parmalar, ichki yo‘nish keskichlari, zenkerlar, razvertkalar, 
protyajkalar-sidirg‘ich asboblar, jilvir asboblar, jilvir kukunlar va fizikaviy-
ximiyaviy ishlash usullari bilan ishlash mumkin. Jilvir asboblar bilan teshiklar 
jilvirlanadi, xoninglanadi va superfinishlanadi. Jilvir kukunlar bilan teshiklarda 
ishqalash (pritirka) operatsiyasi bajariladi. 
Qiyin ishlanuvchi materiallardagi teshiklarni va kichik diametr o‘lchamidagi 
teshiklarni olish uchun fizikaviy-ximiyaviy ishlash usullaridan ko‘proq 
foydalaniladi. 
Fizikaviy-ximiyaviy 
ishlash 
usullariga 
ultratovush 
(ultra 
zvukovaya), yorug‘lik nuri, elektron nur, elektr yemirilish (elektroerozionnaya ), 
elektroximiya va elektrolitli olmos ishlov berish usullari kiradi. Teshiklarni qirindi 
kesib chiqarmasdan ishlash usuliga dazmollovchi (proshivka), sidirg‘ich asbob 
bilan, xuddi shuningdek raskatka bilan kalibrovka qilib ishlash kiradi. 
List materiallaridan yasalgan detallarning teshiklari ko‘proq shtamplarda 
olinadi. 
12.2.2. Teshiklarni tig‘li asboblarda ishlash 
 
a) Teshiklarni ishlash usullari. 
Ikki tomoni ochiq va bir tomoni berk teshiklarni yaxlit materiallarda 
olishning eng ko‘p tarqalgan usuli parmalab teshik olishdir. Parmalash natijasida 9-
13 kvalitet aniqligiga va g‘adir-budirlikni Ra=5÷10 mkm qiymatigacha olish 
mumkin. 
Diametri 35÷45 mm dan yuqori bo‘lgan teshiklarni ikki marta o‘tish bilan, 
birinchi marta kichik diametrli parma bilan, 2-marta esa kerakli o‘lchamdagi 
diametrli parma bilan, parmalanadi. Diametri 60÷70 mm dan yuqori bo‘lgan 


250 
teshiklar halqasimon (kolsevoy) parma bilan parmalanadi, Bunda hosil bo‘lgan 
o‘zak metal, homashyoning ko‘p qismini tashkil etadi, undan boshqa detal olish 
uchun foydalaniladi. 
Parmalashni ikki xil usuli mavjud: parmaga aylanma va ilgarilanma harakat 
berib ishlash (parmalash va ichki yo‘nish stanoklari) va detalga aylanma va 
parmaga ilgarilanma harakat berib ishlash (tokar-revolver stanoklari). 
Parmaga aylanma va ilgarilanma harakat berib teshik ishlanganda, 
parmaning teshik o‘qidan qochishi ya’ni noaniqligi (uvod sverla), detalga aylanma 
va parmaga ilgarilanma harakat berib, teshik ochish usuliga qaraganda noaniqdir. 
Yaxlit materiallarda teshiklarni ishlanganda parmani teshik o‘qidan 
qochishini kamaytirish uchun parmalashni bikrligi yuqori bo‘lgan parmalarda 
(tokar-revolver stanoklarida va avtomatlarda) va yo‘naltiruvchi vtulkalari bo‘lgan 
konduktorlarda (parmalash va ichki yo‘nish stanoklarida) olib borish kerak. 
Konduktor - bitta operatsiya bajarish davomida bir nechta teshiklarni va ular 
orasidagi masofalarni aniq qilib olish imkonini beradi. 
Parmalashda konduktorni qo‘llash, aylana markaz o‘qini va ular orasidagi 
masofani belgilash operatsiyasini qisqartiradi. Bu o‘z navbatida ishchining vaqtini 
tejaydi, aniqlik ortadi. 
Teshiklarni parmalashni unumdorligini oshirish uchun ko‘p shpindelli 
kallaklar va mahsus (ko‘proq agregat) stanoklar qo‘llaniladi. 
Agar berilgan teshikni aniqlik kvaliteti H12 bo‘lsa, uning aniqligini yanada 
oshirish uchun zenkerlash, razvertkalash va ichki yo‘nish operatsiyalarini bajarish 
kerak. 
Parmalash stanogida ketma-ket parmalash, zenkerlash, razvertkalash 
operatsiyalari bajarilsa, vtulkalari o‘zgaruvchan konduktorlardan va stanok 
shpindeliga o‘rnatiluvchi asbobning tez almashinuvchi patronlaridan foydalaniladi. 
Agar ishlanayotgan detalning konduktor bilan birgalikdagi massasi 15 - 20 
kg dan kam bo‘lsa, ish vertikal - parmalash stanoklarida, agar massasi undan katta 
bo‘lsa, radial - parmalash stanoklarida olib boriladi. 


251 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin