1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Ichki yo‘nish.
Tokarlik guruhining stanoklarida teshiklar ichki yo‘niladi. 
Teshiklarni ichki yo‘nish, agregat va mahsus stanoklarda olib boriladi. Teshiklarni 
ichki yo‘nish detalni aylantirib (tokarlik stanoklari), yoki kesuvchi asbobni 
aylantirib (ichki yo‘nish stanoklari) gorizontal, vertikal, koordinatali, agregat va 
ko‘p asbobli dastur bilan boshqariladigan stanoklarda olinadi. Teshiklarni ishlash 
uchun tez qirqar po‘latlardan va qattiq qotishmalardan tayyorlangan ichki 
yo‘nuvchi keskichlardan foydalaniladi. 
Seriyali ishlab chiqarishda (diametri 40mm dan yuqori bo‘lgan) teshiklarni 
plastinka ko‘rinishidagi keskichlar bilan, ichki yo‘nish bloklaridan va kallaklaridan 
foydalanib ishlanadi. Biror o‘lchamlarga to‘g‘rilangan ichki yo‘nish bloklari va 
kallaklarini qo‘llanilishi yuqori unumdorlikka olib keladi. Ichki yo‘nish bloklari 
bilan ishlanadigan teshiklar o‘lchamiga to‘g‘rilab yig‘ilgani uchun ularni o‘lchamli 
asbob deyiladi. Ichki yo‘nish bloki, korpusdan va o‘lchamga to‘g‘rilab 
o‘rnatiladigan keskichlardan iborat. Blok borshtangaga mahkamlanadi. Borshtanga 
deb, oldingi yo‘naltiruvchi qismi bo‘lgan uzun (ushlagich) mahkamlagichga 
aytiladi. Keng seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda teshiklarni yo‘nish 
bloklari bilan, mahsus ichki yo‘nish stanoklarida amalga oshiriladi. 
O‘zaro aniq masofalarda joylashgan korpus detallaridagi teshiklar universal 
ichki yo‘nish stanoklarida ishlanadi. Bu stanoklar odatdagi ichki yo‘nish ishlarini 
bajaruvchi stanoklardir. Juda aniq ichki yo‘nishlarni bajarish uchun koordinata 
ichki yo‘nish stanoklaridan foydalaniladi. Gorizontal ichki yo‘nish stanoklari stoli 
gorizontal tekislikda harakatlanadigan va vertikal tekislikda stanok shpindeli 
harakatlanadigan turlariga bo‘linadi. Stoli gorizontal yo‘nalishda harakat qiladigan 
stanok stolida ishlanadigan detalni mahkamlovchi qo‘zg‘almas plitasi bo‘ladi. 
Shpindel kallagi yo‘naltiruvchi qismda vertikal harakatlanadi. 
Stanoklarga detallarni o‘rnatish, mahkamlash uch kulachokli patronlardan, 
planshaybalardan (tokarlik stanoklari), stanok (frezalash, parmalsh stanoklari) 
stolida o‘rnatish va mahkamlash uchun boltlardan, qisqichlardan, burchakliklardan, 


256 
prizmalardan va konduktor moslamalaridan foydalaniladi. Ichki yo‘nishda teshik 
o‘qlari orasidagi aniqlik va teshiklarni holati baza yuzalariga nisbatan turli 
usullarda ta’minlanadi. Mashinasozlikda teshiklar kam hollarda razmetka 
(markazni chizib topish yo‘li bilan aniqlash) usulida olinadi, asosan ko‘p hollarda 
konduktor moslamalarini qo‘llab ichki yo‘niladi. 
Teshiklarni markaziy o‘qlarini va ular orasidagi masofalarni aniq qilib olish 
uchun, teshik ochiladigan homashyoda, teshik markazi va ular orasidagi masofa 
o‘lchov asbobi yordamida, o‘lchab, chizib belgilab olinadi. Belgilangan markazni 
kerner yordamida chuqurcha qilib belgilab olinadi. Shu belgidan foydalanib, uning 
ustida parmalash operatsiyasi bajariladi. 
Yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarish turlarida teshiklarni 
(parmalashdan) ishlashdan oldin, markazni chizib topish yo‘li bilan aniqlanadi, 
razmetkadan foydalaniladi. Teshiklar orasidagi masofalarning yo‘nishdagi aniqligi 
(razmetka), masalan teshiklar markazini chizib topish usulida ±(0,1÷3) mm ni 
tashkil qiladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin