257
Raqamli dastur bilan boshqariladigan stanoklar avtomatik tarzda koordinata
stolini ko‘ndalang yo‘nalishda, shpindel babkasini vertikal yo‘nalishda o‘rnatishga
imkoniyat yaratadi. Teshiklarni joylashish aniqligiga eng yuqori talablar
qo‘yilganda yo‘nish koordinata yo‘nish stanoklarida olib boriladi: ular bitta ustunli
va ikki ustunli bo‘lib, shpindellari esa gorizontal va vertikal joylashgan bo‘ladi. Bu
stanoklarni yangi (modellari) turlari o‘lchashning induktiv va optik aniq
sistemalariga ega. Bunday stanoklarda koordinatalarni o‘rnatish aniqligi: kichik
o‘lchamli stanoklar uchun 0,002 mm, o‘rtacha o‘lchamli stanoklar uchun
(0,003÷0,004) mm, katta o‘lchamli stanoklar uchun (0,006÷0,008) mm ni tashkil
qiladi. Yuqori aniqlikka ega bo‘lgan koordinata yo‘nish stanoklari koordinata
o‘rnatish aniqligini 0,001 mm gacha ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: