1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

12.8-rasm. Zenkerlash usullari. 
 
Pastdan va yuqoridan yo‘naltiruvchi vtulkalardan foydalanib, teshiklarni 
ishlashga ikkala tomondan zenkerni yo‘naltirib zenkerlash deyiladi. Bunday usul 
bilan diametri 25 mm dan yuqori bo‘lgan teshiklarni teshishda foydalaniladi (12.8-
rasm, c). 
Zenker shpindelga sharnirli va tekis o‘zgaruvchan qilib o‘rnatiladi. Bunday 
o‘rnatish yo‘li bilan, stanokni ishlashi bilan bog‘liq bo‘lgan xatoliklarni oldi 
olinadi. Masalan, shpindelning urishi, zenker o‘qi bilan konduktor vtulkasining 
o‘qini ustma-ust tushmasligi va hokazolar. Bu holatda ishlanayotgan teshikni 
o‘qini holati asosan moslamaning yo‘naltiruvchi qismlari ya’ni vtulkani va zenker 
o‘qlarini ustma-ust tushishiga va tayyorlanish aniqligiga bog‘liqdir. 
Zenkerlash uchun qiytimning qiymatini ishlanayotgan teshik diametrining 
Z=0,1D ga teng qilib olinadi. 
Shtampovkadan yoki quymakorlikdan so‘ng olingan dastlabki teshiklarni 
qo‘pol zenkerlash 12-13 kvalitet aniqligini olishga, parmalashdan so‘ng zenkerlash 
yoki ichki qora yo‘nish 11 - kvalitet aniqligini, yuza g‘adir-budirligi esa 
Ra=10÷2,5 mkm ni olish imkoniyatini beradi. 


253 
Parmalash, tokarlik, ichki yo‘nish, tokarlik revolver va boshqa stanoklarda 
teshiklar zenkerlar bilan ishlanadi. 
Razvertkalash
. Bu usul bilan teshikni ishlash aniqligi oshiriladi. Material 
qattiqligi HRC<40 bo‘lgan teshikni, 6÷8 kvalitet aniqligini va yuza g‘adir-
budirligini Ra =2,5÷0,15 ta’minlaydigan, aniq teshik olish uchun mo‘ljallangan 
asosiy usuldir. Razvertkalashdan oldin parmalash, zenkerlash yoki ichki yo‘nish 
bajariladi. 
Razvertkalar ishlatilish usuliga qarab mashina va (qo‘l) dastaki 
razvertkalariga bo‘linadi. Ular yaxlit qilib, sirpanuvchi yoki harakatlanuvchi 
(razdvijnie), yig‘ma tishli qilib tayyorlanadi. Silindr shaklidagi to‘g‘ri va vintsimon 
tishli dastaki razvertkalari bilan diametri 3 mm dan 50 mm gacha bo‘lgan teshiklar 
ishlanadi. 
Mahkamlash qismi silindr yoki konus shaklida bo‘lgan yaxlit mashina 
razvertkalari bilan diametri 25÷80 mm gacha, tishlari o‘lchamga to‘g‘rilanadigan 
(boshqariladigan) yig‘ma konstruksiyali mashina razvertkalari bilan diametri 52 
mm dan 300 mm gacha bo‘lgan teshiklar ishlanadi. 
Razvertkalar kichik qiytim olishga mo‘ljallangan. Razvertkalar zenkerdan 
o‘zining tishlarini sonini ko‘pligi bilan, plandagi burchagi kichikligi bilan ajralib 
turadi.Razvertka o‘qini ishlanayotgan teshik o‘qi bilan ustma-ust tushishi, qiytimni 
qiymatini bir xilda qirqib olishi, razvertkalash bilan yuqori aniqlik olishning asosiy 
shartidir. 
Razvertkalash vaqtida, teshikka vtulka erkin o‘rnashishi yoki aniq 
yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak. Ayrim hollarda razvertka ham konduktor vtulkalari 
yordamida yo‘naltiriladi. Razvertkani yo‘naltirish ham zenkerniki kabi (2) pastdan, 
(1) yuqoridan va (3) ikkala tomondan bo‘lishi mumkin. 
Teshikni diametriga va unga talab qilib qo‘yilgan aniqlikka qarab 
razvertkalash bitta yoki ikkita razvertka bilan bajariladi. Masalan: 8-9 kvalitet 
aniqligi olish uchun bitta razvertka bilan, 7- kvalitet aniqligi olish uchun ikkita 
razvertka bilan ishlanadi. Razvertkalash bilan 6- kvalitet aniqligi ham olish 
mumkin. 


254 
Diametri 90...120 mm bo‘lgan teshik uchun, qora va toza razvertkalash 
uchun umumiy qiytim 0,2÷0,4 mm ni tashkil etadi.Dastlabki (qora) 
razvertkalashda berilgan umumiy qiytimni yarmidan ko‘pi qirqib olinadi. 
Teshiklarni ishlash uchun qo‘shaloq (kombinirovanniy) asboblar: parma-
zenker, parma-razvertka, parma-zenker razvertkalar ishlatiladi. Zenkerlash va 
razvertkalashni (dumaloq protyajkalash) sidirish operatsiyasi bilan almashtirish 
mumkin. 
Asosiy vaqt (min). Teshiklarni parmalash, zenkerlash, razvertkalash, 
sekovkalash va zenkovkalash operatsiyalarini bajarish uchun ketgan asosiy vaqt, 
quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.
 
(12.5) 
bu yerda, 
l
- ishlanayotgan teshik uzunligi, mm. 
l
botirib kir
- parmani to‘liq botib kirishi, mm, 
l
asbobni chiqishi
- kesuvchi asbobni,teshikni ishlab, bo‘lgandan keyingi chiqishi, (mm). 

- shpindelning aylanishlar soni, ayl/min.
S
- surish tezligi,mm/ayl. 
Parmalashda botib kirish masofasi, quyidagi ifoda bilan aniqlanadi. 
(12.6) 
bu yerda, 
D
- parma diametri, mm; φ - parmaning plandagi asosiy burchagi, φ°. 
Qayta parmalashda, zenkerlashda, razvertkalashda botib kirish masofasi, quyidagi 
ifoda bilan aniqlanadi. 
ctgφ
+(1...3) (12.7) 
bu yerda, 
t
-qirqish chuqurligi, mm; φ-asbobning plandagi asosiy burchagi, φ°. 
Aniq konus shaklidagi teshiklar konussimon zenkerlar va razvertkalar 
yig‘ilmasidan (komplekt) iborat asboblarda ishlanadi. Diametri 25 mm dan katta 
bo‘lgan konussimon teshikni ishlash uchun, oldin pog‘onasimon teshiklar 
parmalanadi, uning shakli konus zenker shakliga o‘xshash bo‘lishi kerak. Keyin 


255 
teshikka konussimon zenker bilan dastlabki va qora-toza razvertkalar bilan ketma-
ket ishlov beriladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin