246
harorat qiymati homashyo yuzasida cho‘zilish kuchlanishlarini hosil bo‘lishida
katta rol o‘ynaydi.
Abraziv lentalarda jilvirlash - abraziv lenta bilan ishlash jarayonida lenta
jilvirlanayotgan valning bo‘yinchasidan ushlaydi va natijada val aylanadi. Lenta
yeyilgan qismini to‘g‘rilash yoki o‘zgartirish uchun u doimo uzluksiz ravishda
tortib chiqarib turiladi va lentani yeyilmagan qismi bilan ishlash davom ettiriladi.
Abraziv lentalar kleydan foydalanilgan materiallar asosida, suvga chidamli
qilib tayyorlanadi. Abraziv lentalarning donlarining o‘lcham darajasi 80 dan 3
gacha bo‘ladi va ular ishlov berishga ajratilgan qiytimga qarab tanlanadi. Mayda
donali abraziv lentalardan foydalanilganda ishlangan yuzaning g‘adir-budirligi Ra=
0,15 mkm gacha olish mumkin.
Abraziv lentali jilvirlashda kesish kuchi bo‘lmaydi. Abraziv lentali jilvirlash,
jarayoni butun yuza bo‘yicha bo‘lgani uchun, issiqlik butun ishlanayotgan yuza
bo‘yicha, ma’lum chuqurlik qiymatida harorat deyarli bir xil qiymatda hosil
bo‘ladi. Odatda ishlanayotgan yuza qatlamida siqiluvchi kuchlanishlar hosil
bo‘ladi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, abraziv lentali jilvirlash stanoklarida ishlab
bajarilgan buyumlarning yuzalar sifati, abraziv tosh qo‘yib ishlanadigan
stanoklarnikiga qaraganda ancha yuqori ekan. Abraziv lentali jilvirlashda juda kam
holatlarda kuyish, darz ketish va qilchalar paydo bo‘lar ekan. Odatda lentali
jilvirlashda past darajali siqiluvchi qoldiq kuchlanishlar paydo bo‘ladi. Shuning
uchun ham lentali jilvirlash usuli ingichka yoki (oxirgi finish) jilvirlash ishlarida
ko‘proq ishlatiladi. Bu usul bilan yuza qatlamining sifatini oshirish mumkin. Lekin
bu usul bilan, ishlanayotgan yuzalarni va yuzalarni o‘zaro joylashish aniqligini
oshirib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: