1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
12.2-rasm. Valni yo

nish sxemasi. a- to

g

ri valni tokarlik stanogida ishlash, 
b, c- silliq va ko

p pog

onali valni ko

p keskichli stanokda ishlash. 


239 
12.3-rasm. Gidrosupportli stanokda valni ishlash sxemasi. 1-kopir, 2- support, 
3- zolotnik, 4- nasos, 5- gidrotsilindr, 6- shtok, 7- porshen, 8- detal. 
 
Ko‘p keskichli stanoklarda pog‘onali vallarni ishlash uchun stanokni 
o‘lchamlarga to‘g‘rilash ancha murakkabdir. Bunday holatlarda kopirlash (nusxa 
olish) qurilmasi bo‘lgan stanoklarni ishlatish ko‘proq qulay bo‘ladi. 
Gidrosupportli stanokda valning ishlash sxemasi, 12.3-rasmda keltirilgan. 
Gidrosupport tokarlik stanogini ko‘ndalang supportining yo‘naltiruvchi qismiga 
o‘rnatiladi. 
Qo‘zg‘almas kopir 1 stanokni orqa tomoniga o‘rnatiladi, ishchi silindr 5 ikki 
qismdan iborat bo‘lib, bu qismlar o‘zaro porshen korpusidagi teshik orqali 
bog‘lanib turadi. Stanok ishlab turganda suyuqlik (yog‘) nasos 4 orqali 
gidrosupportning “A” qismiga uzatiladi. Agar porshenning ikkala qismida 
gidrostatik kuchlarni ta’siridan bosim bir xil bo‘lsa, gidrosupport qo‘zgalmas 
bo‘lib, bu holatda homashyoning silindrik shakl yuzasi ishlanadi. “B” bo‘shliqni 
bak bilan bog‘lovchi kanalni 3 zolotnik bilan berkitilsa, suyuqlikni porshenga 
bosimi bu bo‘shliqda ortadi, natijada silindr support bilan ishlanayotgan homashyo 
markaziga tomon siljiydi. Agar zolotnik ochilsa, yog‘ “B” bo‘shliqdan bakka oqib 


240 
tushadi, bu bo‘shliqda suyuqlik bosimi kamayadi, natijada silindr support bilan 
qarama-qarshi tomonga siljiydi. Shunday qilib, zolotnik bilan boshqariladigan 
gidrosupport qurilmasi keskich trayektoriyasini kerakli tomonga siljishini 
ta’minlaydi. 
Tashqi silindrik shakl yuzalarini frezerlash
- rotatsion frezerlash. Bu holatda 
val homashyosiga aylanma surish harakati beriladi. Stanokning ikki shpindeliga 
frezalar o‘rnatiladi, bu frezalar turli tomonlarga aylanadi. Homashyolar 
aylanganda, ularni frezalar silindrik yuzalar bo‘yicha qirqib ishlaydi. Agar frezalar 
bir xil bo‘lsa, homashyoni ishlash uning yarim aylanishida tugatiladi. Bu usul 
yuqori ish unumdorligi bilan ajralib turadi. 
Tashqi silindrik shakl yuzalarini protyajkalash (sidirish).
Bu usulda 
homashyo sekin aylanma harakat qiladi, protyajka esa to‘g‘ri chiziqli harakat 
qiladi. Protyajkani har bir tishi (tangensial) urinma keskich sifatida ishlaydi. 
Protyajka bilan ishlash kalta homashyo vallarining bo‘yinchasini qora va toza 
yo‘nish bilan ishlash o‘rnini bosadi. 
Tashqi silindrik shakl yuzalarini jilvirlash
- bu eng ko‘p ishlatiladigan 
usuldir. Aviatsiya dvigatelsozligida vallar toblanadi va bo‘shatiladi, xuddi 
shuningdek ularga ximiyaviy - termik ishlov ham beriladi. Bunda ishlov berilgan 
vallarning yuzalari yuqori qattiqlikka ega bo‘ladi. Bunday holatlarda val yuzalari 
jilvirlab ishlanadi. 
Tashqi silindrik shakl yuzalarini jilvirlashda juda kichkina qiytim qalinligi 
olinadi.Qiytim qalinligi bir tomonga 0,2-0,5 mm qilib olinadi. Qiytimning 
o‘lchami, oldingi bajarilgan operatsiyaning nuqsonlariga ya’ni yuza g‘adir-
budirligiga, nuqson qatlam qalinligiga va oldingi operatsiyadan hosil bo‘lgan 
homashyo deformatsiyasiga bog‘liq. 
Jilvirlash stanoklarida ishlanganda, kesuvchi asbob sifatida abraziv 
toshlardan va lentasimon jilvirlardan foydalaniladi. Ishlanuvchi materiallar 
qattiqligiga qaraganda, jilvir materiallarning qattiqligi ancha yuqori bo‘ladi. 
Hozirgi vaqtda jilvir materiallar sifatida - donalar ko‘rinishida elektrokorunddan, 


241 
kremniy karbididan, bor karbididan, sirkoniy karbididan, borsili karbididan, 
borning kub nitrididan (elbor) va sintetik olmosdan foydalanilmoqda. 
Standart abraziv toshlarida keramikali, bakelitli, vulkanitli, silikatli, grafitli 
va metalli bog‘lovchilar ishlatiladi. Bularni ichida eng ko‘p ishlatiladigani 
keramikali bog‘lovchidir. Uni o‘tga chidamli loydan, dala shpatidan va kvarsdan 
tayyorlanadi. Keramikali bog‘lovchini yutug‘i, uning suvga chidamliligi va katta 
unumdorlikka egaligidir. 
Metalli bog‘lovchilar volfram-kobaltli, temir-nikelli va mis-ruxli bo‘ladi. 
Ulardan abraziv toshlarda, xuddi shuningdek olmos (krug) toshlardan ham 
foydalaniladi. Olmos toshlari yuqori yeyilish turg‘unligiga va unumdorlikka 
egadir. Jilvirlash asboblarining xususiyatini aniqlovchi asosiy parametri uning 
donalarini o‘lchamidir (GOST 3647-80). GOST 18118–79 da jilvir asboblarining 
yettita qattiqlik sinfi ko‘zda tutilgan: yumshoq (M), o‘rtacha yumshoq (SM), 
o‘rtacha (S), o‘rtacha qattiq (ST), qattiq (T), o‘ta qattiq( VT), haddan tashqari 
qattiq (ChT). 
Qattiq po‘latlarni jilvirlab ishlanganda yumshoq abraziv toshlardan 
foydalaniladi, chunki abraziv toshning o‘tmaslashgan donachalari, bog‘lovchidan 
oson yulinib chiqadi. Yumshoq po‘latlarni jilvirlab ishlaganda qattiq abraziv 
toshlardan foydalaniladi, chunki ularning turg‘unligi yuqori bo‘ladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin