233
11.4. Agregat stanoklari va avtomatik tizimlarda ishlash jarayonlarini
yaratish xususiyatlari
Agregat
stanoklari
unifikatsiyalashgan
qism
va
mexanizmlardan
(agregatlardan) yig‘iladi. Bular o‘zlarini alohida kuch yuritgichlariga ega va bir-
birlari bilan elektrik boshqarish hamda blokirovkalash tizimi bilan bog‘langan.
Agregat stanoklari ayniqsa, murakkab va yuqori mehnat sig‘imli
zagotovkalarni (dvigatel
bloklari, shesternyalar - tishli g‘ildirak, reduktorlar
korpuslari kabi detallar zagotovkalarini) ishlashda ancha yuqori samaradorlik
ko‘rsatadi. Agregat stanoklarida texnologik o‘tishlar parallel yoki parallel ketma-
ket olib boriladi. Mexanik ishlovning hammasi zagotovkani bir o‘rnatishda
bajarilishi mumkin. Bitta agregat stanogi bir nechta universal stanoklarni o‘rnini
bosadi va ishlab chiqarish maydonini va ishchilar sonini kamaytiradi. Agregat
stanoklarida ishlashning mehnat unumi universal stanoklarida ishlashga nisbatan 3-
12 martaga yuqori bo‘ladi.
Agregat stanoklari ko‘pincha yarim avtomat tarzida ishlatiladi. Agar
zagotovkani o‘rnatuvchi, tayyor detalni oluvchi avtomatik qurilmaga o‘rnatilsa,
agregat stanogi avtomatik siklda ishlaydi. Agar bunday qurilmalar stanoklar
orasiga o‘rnatilsa, avtomatik tizimga aylanadi.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish katta harajatlar bilan bog‘liq. Shuning
uchun barcha texnologik va konstruktorlik masalalar texnika-iqtisodiy hisoblar
asosida olib boriladi. Avtomatik tizimlarni loyihalashda har bir ish holatini mehnat
unumi (ishlash takti) bir xil yoki karra (“kratniy”) bo‘lishi
lozim va shu bilan
ishlash sinxronligi ta’minlanadi.
11.5. Donabay ishlab chiqarish uchun texnologik
jarayonini yaratish
Donabay ishlab chiqarishda mahsulot kichkina hajmda chiqariladi va qayta
ishlab chiqarish, qoida bo‘yicha, ko‘zda tutilmaydi. Bular asosan universal
234
stanoklarda ishlanadi. Donalab ishlab chiqarishda
ishlanadigan zagotovkalar
quyma, bolg‘alash, shtamplash, hamda kombinatsiyalashgan usullarda olinadi.
Qo‘llaniladigan texnologik jarayon ishlab chiqarish siklini uzaytirib yuboradi.
Masalan, razmetkalash va shu asosda kerak o‘lchamni olish.
Donabay ishlab chiqarish texnologik jarayonini loyhalash jarayonni
marshrutini tuzish bilan chegaralanadi. Normirovka qilish tajriba statistika usuli
bilan amalga oshiriladi. Buni asosidan oldingi shunga o‘xshash
ishlarni
bajarilishiga solishtirish yetadi.
GOST 14.301-83 bo‘yicha donabay ishlab chiqarish texnologik jarayonini
yaratishda quyidagi axborotlar zarur:
1. Mahsulotni bazaviy konstruktorlik hujjatlarini ishchi va yig‘ish
chizmalari; ishlab chiqarish hajmi (dastur).
2. Boshqaruv soha standartlari, texnologik jarayonga va boshqaruv usuliga
talablarni belgilaydi; korxonadagi mavjud texnologik jihozlarning harakteristikasi;
texnika - iqtisodiy
axborotning klassifikatori; ishlash rejimini va materiallar sarfi
normasini tanlash uchun yo‘riqnomalar.
3. “Namuna” mahsulotini ishlab chiqarishning texnologik hujjatlari; yasash
va ta’mir qilishni progressiv usullarini
yoritish materiallari; katalog, pasport,
ma’lumotnoma va hokazo; sex, uchastka, jihozlarini joylashish planirovkasi,
texnologik jarayonni boshqarish bo‘yicha uslubiy materiallar.
Detalni yasashni
texnologik jarayonini yaratish, dastlabki materiallarni
yaxshilab o‘rganib chiqilgandan so‘ng boshlash.
Bundan keyingi texnologik jarayonni loyihalash etaplari, bir-birlari bilan
chambarchas bog‘langan va aniq ketma-ketlikda bajariladi:
1. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga qarab ishlab chiqarish tipini aniqlash.
Donabay ishlab chiqarishda operatsiyalarni bog‘lanish
koeffitsiyenti K
b.on
>40
bo‘ladi (GOST 14.004-83).
2. Texnologik jarayonni yaratish turini aniqlash: tiplashgan, guruhli, donali.
3. Texnologik tekshirish; detal zagotovkasini texnologikligini ko‘rish.
4. Zagotovka turini tanlash. Uni olish usulini tanlash.
235
5. Ayrim yuzalarni ishlash texnologik marshrutini yaratish.
6. Zagotovkani ishlash marshrutini yaratish.
Donabay ishlab chiqarish texnologik jarayonini yaratishda iloji boricha
operatsiyalar va o‘tishlar sonini kamaytirishga harakat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: