223
vaqti kam. Uzil-kesil xal qilishda yordamchi vaqt yig‘indisi kam bo‘lgan variant
qabul qilinadi.
Zinapoya teshiklarni ketma-ket parmalashda (11.5-rasm, c) variant 1
2
3
ni asosiy vaqti variant 3
2
1 ga nisbatan ancha kam.
Qolgan holatlarda
variantlar bir xil baholi ekanligini hisobga olinsa, loyihalashda
birinchi variantni
qabul qilish kerak.
Bulardan so‘ng qirquvchi asboblar va ularning soni aniqlanadi. Keskichlarni
turlari belgilangan o‘tishlar mazmunidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Albatta,
keskichlarni sonlari stanokka o‘rnatilish mumkin bo‘lgan joyidan ko‘p bo‘lishi
kerak emas.
Qirqish rejimlarini RDB stanoklar uchun hisoblash-tanlash-belgilash
umumiy qoidalar asosida olib boriladi. Bir qator
hollarda qirqish jarayonini
ishonchliligini oshirish maqsadida qirqish rejimi qiymatlari 10÷15%ga
kamaytiriladi.
RDB stanoklarni o‘ziga xosligi boshlang‘ich koordinata nuqtani tanlashdir.
Boshlang‘ich nuqta deb ijrochi organni holati tushuniladi. Shu nuqtadan u dastur
bo‘yicha surila boshlaydi. Uning koordinatalari stanokning boshlang‘ich nol
nuqtasiga qarab aniqlanadi. Stanokning nol nuqtasi - bu uning koordinat tizimining
boshlanishidir. RDB stanoklarda o‘ng tomonli to‘g‘ri
burchakli tizim XYZ qabul
qilingan. O‘q Z hamma vaqt shpindel aylanishiga parallel yo‘nalgan (11.6-rasm).
O‘q Z ning musbat yo‘nalishi parmaning detaldan chiqish yo‘nalishi bilan to‘g‘ri
keladi.
O‘q
Y
yo‘naltiruvchi
tekisligiga
perpendikulyar
yo‘nalgan.
Yo‘naltiruvchilar o‘z navbatida Z o‘qiga parallel. X o‘qi tekislik ZY ga
perpendikulyar. X, Y, Z o‘qlari atrofida aylanish mos ravishda A, B, C ifodalaydi.
Agar stanokda bir qancha supportlar, shpindellar va hokazolar bo‘lsa, siljishi U, V,
W, aylanishi D va E bilan ifodalanadi.
Dastlabki nuqta standart bilan belgilanmagan.
Tokarlik stanoklari
markazlarida ishlash holati uchun dastlabki nuqta
O
c
deb zagotovka chap toretsini
aylanish o‘qi bilan uchrashish nuqtasini olish tavsiya qilinadi. Patronda ishlashda
224
esa, zagotovka bazaviy toretsining aylanish o‘qi bilan
uchrashgan nuqtasi olinadi
(11.6-rasm, a).
Dostları ilə paylaş: