215
7.
Texnologik anjomlarni tanlashda qanday qoidalarga rioya qilish lozim?
8.
Qirqish rejimlari nima va qaysi tartibda tanlanadi? Nega shu tartibda?
9.
Qirqish rejimlarini to‘g‘ri tanlashdan maqsad nima?
10.
Asosiy vaqt nima va u qanday aniqlanadi?
11.
Materialni ishlatish koeffitsiyenti nima?
12.
Seriyalab ishlab chiqarishda detallar partiyasini ishlashning mehnat
sig‘imi qanday aniqlanadi?
13.
Buxgalterlik usulida detalni yasash tannarxini topish formulasi qanday?
14.
Mehnat
harajatlari, asosiy ishchilar maoshini protsent usulida
aniqlanganda tannarx qanday aniqlanadi?
216
XI BOB
PROGRESSIV TEXNOLOGIK JARAYONLARNI
YARATISH
11.1. Seriyali ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini yaratish.
Texnologik jarayonlarni turdoshlashtirish va guruhlab ishlash
Seriyali ishlab chiqarishda texnologik jarayonning mukammallashtirishni
eng progressiv yo‘nalishlaridan biri - bu texnologik jarayonni (TJ)
turdoshlashtirishdir.
Texnologik
jarayonni
turdoshlashtirish
deb,
bir
xil
turdagi
turdoshlashtirilgan detallarni va butun mashinalarni turdoshlashtirilgan va o‘zida
eng
yuqori tajribani, ilm va texnikaning yutuqlarini mujassam qilgan texnologik
jarayonni yaratishga aytiladi. Bu bilan mehnat unumi 1-ortadi,
mahsulot tannarxi
2-kamayadi, sifati ko‘tariladi. Yana bir tomoni shuki, TJ ni turdoshlashtirish bilan
yangi mahsulotni ishlab chiqarishga korxonani tayyorlash vaqti qisqaradi, mehnat
sarfi kamayadi va soddalashadi.
TJ ni turdoshlashtirish mavjud xilma-xil zagotovkalarni,
yuzalarini va ular
yig‘indisini guruhlar qilib minimal turlarga olib kelish bilan boshlanadi. Mana shu
tarzda turdoshlashtirilgan TJ yaratiladi. Detallarni turlari yig‘ilishida yakka holda,
donalab ishlanayotgan detallar yig‘ilib, mayda seriyali detallar guruh turlari hosil
qiladi va shu bilan yangi mayda seriyali ishlab chiqarish turiga o‘tiladi, ya’ni
yuqori unumli mahsus stanoklar ishlatish imkonini beradi. Mayda seriyali detallar
seriyali ishlash turiga, seriyali ishlanayotgan detallar ko‘p seriyali ishlab chiqarish
turiga o‘tadi va endi ularni
yasash uchun yuqori unumli, mexanizatsiyalashgan,
avtomatlashtirilgan mahsus stanoklarni qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Klassifikatsiya
qilish uchun shu sinfga kiruvchi alomatlarni (belgilarini) tanlash lozim.
Dostları ilə paylaş: