1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


`10.2-rasm. Yo‘nishda asosiy vaqtni hisoblash



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
`10.2-rasm. Yo‘nishda asosiy vaqtni hisoblash. 
(10.25) 
Bu yerda, t- chuqurlik, φ-keskichni plandagi asosiy burchagi
 
10.4. Texnologik jarayonlarning texnika-iqtisodiy
ko‘rsatkichlari 
 
Detalni ishlab chiqarish uchun talab qilingan shartlarni bajaradigan bir 
nechta xil variantli texnologik jarayonlarni yaratish mumkin. Bu variantlardan 
ularni texnika-iqtisodiy ko‘rsatgichlarini taqqoslab, eng ma’qulini qabul qilinadi. 
Ko‘rsatgichlarni tanlash variantlarini qaysi bosqichda taqqoslanishiga bog‘liq. 
Birinchi bosqichda variantlarga dastlabki baho, tashqi belgilar bo‘yicha 
samaradorligi asosida tanlab olinadi: material sarfini kamayishi, ishlashning 
mehnat unumini ortishi va hokazo. 
Zagotovkani tanlash bosqichida dastlab baholash ko‘rsatkichi sifatida 
quyidagilar qabul qilingan: 
1. Materialni ishlatish koeffitsiyenti 


212 
(10.26) 
bu yerda, 
- detal va zagotovka massalari. Albatta, materialni ishlatish 
koeffitsiyenti, katta qiymatli varianti tanlanadi, 
K
m,i
ni orttirish uchun 
zagotovkaning shakl va o‘lchamlarini iloji boricha detal shakl va o‘lchamlariga 
yaqinlashtirish kerak. Shu bilan bir qatorda uning yasash aniqligi va yuza ustki 
qatlamini sifatini yaxshilash ham kerak.
2. Material sarfini kamaytirish 
(10.27) 
Bu yerda, 
- bazaviy va yangi variantdagi zagotovka massasi. B-detallarni 
tayyorlash hajmi, dona. Ko‘rsatkich M ning qiymati yangi texnologik jarayon 
bo‘yicha yasaladigan detallar soni ortishi bilan ko‘payadi.
Texnologik operatsiyani yaratish bosqichida quyidagi ko‘rsatkichlar 
ishlatiladi:
1. Asosiy vaqt koeffitsienti 
(10.28) 
n
as
-ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, stanok shuncha unumdor ishlatiladi.
2. Detalni mexanikaviy ishlash mehnat sig‘imi
(10.29) 
Bu yerda, 
n
- ushbu texnologik jarayondagi operatsiyalar soni. Seriyalab ishlab 
chiqarishda detallar guruhini ishlashni mehnat sig‘imi aniqlanadi: 
(10.30) 
Bu yerda, 
t
m.ya
- jarayonni tayyorlash - yakunlash uchun ketgan vaqt. 
n
d
- guruhdagi detallar soni. 
3. Operatsiyaga tegishli vaqt normasini qisqartirish. 
(10.31) 


213 
Bu yerda, 
- dona vaqti normalari taqqoslanayotgan variantlar uchun. 
- taqqoslanayotgan variantlarda detallar guruhini tayyorlash mehnat 
sig‘imi.
4. Mehnat unumini ortishi 
(10.32) 
Yuqoridagi ko‘rsatgichlardan texnologik jarayonni yaratishning birinchi 
bosqichlarida foydalaniladi. 
Texnologik jarayonni yaratishdagi yakunlovchi bosqichda variantlarga to‘la 
baho beriladi. Bunda texnologik variantlar tannarxi bo‘yicha taqqoslanadi. 
Tannarxni aniqlovchi asosan ikkita usul mavjud; buxgalteriya usuli va 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kalkulyatsiya qilish usuli. 
Buxgalteriya usulida detalni tayyorlash tannarxi quyidagi ifoda bo‘yicha 
aniqlanadi: 
C=M
as
+Z
as
+S
(10.33) 
Bu yerda, 
M
as
- asosiy materiallar tannarxi, yoki zagotovkani tannarxi, pullangan chiqindilar 
qiymatini chiqarib tashlagan holda olinadi. 
Z
as
- asosiy ishlab chiqaruvchi ishchilar maoshi. 
S
- sexni harajatlari: jihozlarni amortizatsiyalash, ta’mirlash, elektr energiyasi 
(ishchi), qirquvchi, o‘lchovchi, yordamchi asboblar; moslamalar; sexdagi 
yordamchi ishchilar maoshi; injener texnik xizmatchilar; sexning boshqaruv va 
xizmat qiluvchi xodimlari maoshi va hokazo. 
Tannarxni kalkulyatsiya qilishda sex harajatlari asosiy ishchilar maoshini 
protsent usulida aniqlanadi. U holda tannarx quyidagicha aniqlanadi. 
(10.34) 
Bu yerda, 
S
- sex harajatlari protsenti. Bu avtomatlashtirish turiga va 
darajasiga hamda, ishlab chiqarishni tashkiliy strukturasiga bog‘liq va u keng 
chegarada o‘zgaradi. 


214 
Eng aniq usul bu - tannarxni barcha tashkil etuvchilarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
hisoblashdir. Bunda mahsulot tannarxi quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi. 
(10.35) 
Bu yerda, Z
yor
- yordamchi ishchilarning maoshi; 
A
0
- jihozlar, stanoklar qiymatidan amortizatsion ajratish; 
J - asboblar va kichik qiymatli moslamalarga harajatlar; 
A
to
- texnologik jihozlanishdagi amortizatsion ajratish; 
L - texnologik maqsadlar uchun elektr energiyasi sarfi; 
R
0
- jihozlarni (stanoklarni) ta’mirlash uchun sarflari; 
P - ishlab chiqarish maydonlarini ushlab turish amortizatsion harajatlari; 
R - boshqaruv qurilmalari, RDB stanoklari uchun dasturlarni ta’mirlash va ularga 
xizmat qilish harajatlari; 
B - ishlanayotgan yuza koordinatasi. 
Tannarxni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisoblash, ancha mehnat talab qiladigan usuldir. 
Shuning uchun variantlarini taqqoslaganda yuqoridagi ifodaning birinchi 5ta 
bo‘lagidan foydalanib, chegaralansa ham bo‘ladi. Mehnatni kamaytirish 
usullaridan ya’na biri bu hisoblashni normativ usulidir. 
Normativ usulda hisoblashda tayyor jadvaldan foydalaniladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin