1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Qisman yuzalarni klassifikatsiya qilish uchun alomatlar



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Qisman yuzalarni klassifikatsiya qilish uchun alomatlar: 
yuza shakli, 
o‘lchamlari, mahsulot materiali, talab qilinayotgan ishlash aniqligi, yuza qatlami 
sifati. 


217 
Turdosh yuzalar yig‘indisini klassifikatsiya qilish uchun alomatlar: 
geometrik shakl, ayrim yuzalarni ishlash aniqligi, ishlanayotgan zagotovka 
materiali, ayrim yuzalar o‘lchamlarini hisoboti va ularni o‘zaro joylashish aniqligi; 
Detallarni klassifikatsiya qilish uchun alomatlar: 
detallarni geometrik 
shakli uning o‘lchamlari, ishlash aniqligi, yuza qatlami sifati, zagotovka materiali. 
Bular asosiy alomatlar detal (zagotovka) chizmasidan olinadi. Bular TJ harakterini 
va mazmunini aniqlaydi. Qo‘shimcha alomatlar: korxona topshirig‘i hajmi, 
ishlanayotgan zagotovkaning ayrim guruhlarining o‘lchamlari, mavjud stanok, 
moslama, keskichlar, ishlab chiqarishni rejalash va tashkil qilish sistemasi. 
Texnologik jarayonlarni turdoshlashtirish ilmini asoschisi prof. A.P. 
Sokolovskiy detallarni 14 sinfga bo‘lishni taklif qilgan. Bular qo‘yilgan texnologik 
masalalarning umumiyligi bilan 
harakterli. Bu klassifikatsiya umumiy 
mashinasozlik harakteriga ega: vallar, vtulkalar, disklar, richaglar, va hokazo. 
Sinflarga, guruhlarga, guruhchalarga va turlarga bo‘linadi. Tur – bu bir sinfdagi 
detallarning yig‘indisidir, ular ma’lum ishlab chiqarish sharoitidagi bir xil turdosh 
operatsiyalarga ega bo‘ladi. Bular umumiy konstruktiv va texnologik belgili 
mahsulotlar guruhiga kirib, texnologik o‘tishlarni mazmuni va ketma-ketligini bir 
xilligi bilan harakterlanadi.
Texnologik jarayonlarni turdoshlashtirish quyidagi imkoniyatlarni beradi: 
1. Juda ko‘p sonli jarayonlarni minimumga olib keladi va bir-biriga o‘xshash 
detallarni ishlashni birxillashtiradi.
 
2. Eng zamonaviy texnologik ishlab chiqarishni qo‘llashni va korxonani 
texnologik tayyorlash muddatini qisqartiradi.
 
3. Mahsus texnologik jihozlar sonini kamaytirish va ularni bazasida 
tiplashtirish 
sxemalarini 
va 
agregatlash 
prinsipini 
qo‘llab, 
unifikatsiyalashgan uzellarni yaratish. 
 
Turdoshlashtirilgan texnologik jarayonlarning hujjatlariga detallarning 
klassifikatsiyalari va tiplashgan ishlash jaryonlarining kartalari kiradi. Kartalarda 
texnologik jarayon va ayrim operatsiyalar to‘g‘risida to‘la ma’lumot bo‘ladi: 
chekka o‘lchamlari, ko‘rsatilgan zagotovka eskizi; materialni ishlash aniqligi, yuza 


218 
qatlami sifati; o‘tishlarning ketma-ketligi va mazmuni, jihozlari; moslamalari
keskichlari, ishlash rejimlari va vaqt normalari.
 
Turdoshlashtirilgan texnologik jarayonlarni qo‘llash, ko‘proq yirik seriyali 
va ko‘plab ommaviy ishlab chiqarishga xos. 
Detallarni mayda va o‘rta seriyali ishlab chiqarish sharoitida stanoklarni bir 
guruh detallardan ikkinchi guruh detallarni ishlashga o‘tishdagi sozlash uchun 
ketgan vaqt ancha ko‘payib ketadi. Bu sharoitda prof. Mitrafanov S.P. tomonidan 
taklif qilingan guruhlab ishlash usuli juda qo‘l keladi. Bu usul asosida 
zagotovkalarni ham klassifikatsiya qilish yotadi. Guruhlarni shunday shakllantirish 
kerakki, bu guruhdagi detallarni stanokni bir sozlashda (yoki juda kam sozlashda) 
ishlash imkoni bo‘lsin. 
Guruhlab ishlashda zagotovkalarni klassifikatsiya qilish belgisi, turlarga 
bo‘lish belgisidan jiddiy farq qiladi. Guruhlab ishlashda zagotovkalarni ishlash 
turiga qarab sinflarga bo‘linadi: tokarlik stanogida ishlanadigan (bir sozlashda) 
zagotovkalar; parmalash stanogida, frezerlash stanogida va boshqa stanoklarda 
ishlanadigan zagotovkalar sinflari. Demak, sinf belgisi bu yerda ishlatilayotgan 
stanokni umumiyligidir. Zagotovkalarni guruhlarga birlashtirishni asosiy belgisi bu 
- ishlanayotgan yuzalarning umumiyligidir. Guruhga ko‘pincha har xil geometrik 
shakldagi zagotovkalar kiradi (11.1-rasm). 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin