12.1.2.Tashqi silindrik va konussimon shakllardagi yuzalarni
dumaloq jilvirlash
Tashqi silindrik shakl yuzalarini jilvirlab ishlanganda turli xildagi ishlash
usullaridan foydalaniladi. Bo‘ylama surish tezligi bo‘yicha va ko‘ndalang surish
tezligi bo‘yicha (kesib kirish) jilvirlash eng ko‘p tarqalgan usullardir (12.4-rasm).
Bo‘ylama jilvirlashda, markazlarga o‘rnatilgan homashyo aylanma harakat qiladi,
abraziv tosh esa bo‘ylama va aylanma harakat qiladi. Dastlabki jilvirlashda
bo‘ylama surish tezligi odatda abraziv toshning kengligining [0,5÷0,8] qismiga
teng bo‘lib, uning qiymati detalning to‘liq bir marta aylanishiga to‘g‘ri keladi, bu
242
qiymat jilvirlashning oxirgi o‘tishida abraziv toshning kengligini [0,2÷0,5] qismiga
teng bo‘ladi. Qirqish chuqurligi har bir o‘tish uchun [0,005÷0,02] mm qilib olinadi.
Ya’ni:
mm/ayl
(12.1)
mm/ayl
(12.2)
t
=(0.005÷0.02) mm
B
tosh
-abraziv tosh kengligi(mm)
S
-surish tezligi
t
-qirqish chuqurligi(mm).
12.4-rasm. Dumaloq jilvirlash sxemasi (tashqi jilvirlash).
a-bo
‘
ylama surish tezligi bo
‘
yicha, b-ko
‘
ndalang surish tezligi bo
‘
yicha,
c-val bo
‘
yinchasini yoki (ustun) pog
‘
onasi chegarasini ishlash.
243
Asosiy vaqt(min) tashqi silindrik shakl yuzalarni bo‘ylama surish yo‘nalishi
bo‘yicha dumaloq jilvirlashda asosiy (mashina) vaqti quyidagi ifoda bilan
aniqlanadi.
(12.3)
bu yerda:
L
- stolning bo‘ylama yurish uzunligi, mm
Z
- bir tomonga berilgan qiytim, mm
n
- ishlanayotgan homashyoni aylanishlar soni, ayl/min
S
bo`y
- homashyoni bir marta to‘liq aylanishiga to‘g‘ri kelgan bo‘ylama surish
tezligi, mm/ayl
S
ko`nd
- bitta jilvirlab o‘tish uchun to‘g‘ri kelgan kesish chuqurligi, mm.
B
tosh
-abraziv toshning kengligi ,
k
-jilvirlash aniqligini hisobga oluvchi koeffitsient.
Jilvirlashning aniqlik darajasi bo‘yicha koeffitsiyent “k” quyidagicha tanlanadi.
0,1÷0,15 mm k=1,1;
0,07÷0,09 mm k =1,2;
0,04÷0,06 mm k = 1,4;
0,02÷0,03 mm k=1,7.
Tashqi silindrik shakl yuzalarini ko‘ndalang surish yo‘nalishi bo‘yicha
dumaloq jilvirlashda asosiy (mashina) vaqtni quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.
(12.4)
Bu yerda,
S
ko`nd
- homashyoni to‘liq bir aylanishiga (kesish chuqurligiga)
to‘g‘ri kelgan ko‘ndalang surish tezligi.
Silindrik to‘g‘ri va (torets) yon yuzali vallarni jilvirlaganda abraziv toshning
chekka qismi to‘g‘rilab qo‘yiladi, buni bajarishdan maqsad, valning yon yuzasini
shaklini aniqligiga, abraziv toshning chekka qismini yeyilishi ta’sir qilmasligi
uchun qilinadi (12.4-rasm, a).
244
Xozirgi vaqtda, ikki-uch va undan ortiq abraziv toshlar bilan bir vaqtda
ishlaydigan dumaloq jilvirlash stanoklari qo‘llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |