261
12.2.3
.
Abraziv asboblar bilan teshiklarni ishlash
.
Teshiklarni jilvirlash.
Aniqligi (6÷9) kvalitet, yuzasining g‘adir-budirligi
R
a
=(1,25 ÷0,15) mkm bo‘lgan teshiklarni asosan ichki jilvirlash usuli bilan olinadi.
Po‘latlardan, cho‘yanlardan va o‘tga chidamli qotishmalardan tayyorlangan
detallarning silindrik va konus shaklidagi ikki tomoni ochiq va bir tomoni berk
bo‘lgan teshiklarni, yuqori aniqlikda olish uchun jilvirlanadi.
Ichki jilvirlash yuqori aniqlik va sifatli yuza g‘adir-budurligini
ta’minlashdan tashqari, jilvirlashdan oldingi bajarilgan operatsiyadagi teshik o‘qini
noaniqligini (siljishini), to‘g‘rilash mumkinligi, ichki jilvirlashning yutug‘idir, Bu
usulning kamchiliklariga quyidagilar kiradi: jilvirlash toshining diametri
ishlanayotgan teshik diametriga bog‘liqligi, abraziv toshni o‘rnatilgan shpindelning
bikrligini kamligi.
Hozirgi zamon ichki jilvirlash stanoklari diametri 5 mm dan yuqori
teshiklarni va ayrim hollarda diametri 1 mm dan katta bo‘lgan teshiklarni ishlash
imkoniyatini beradi. Ichki jilvirlash stanoklarida ishlash quyidagi usulda olib
boriladi: patronga mahkamlangan detalni aylantirib, jilvirlash, aylanma harakatga
ega bo‘lgan shpindelli stanoklarda, detalni qo‘zg‘almas holatida jilvirlash, detalni
erkin qo‘yib, aylanib turgan holatda markazsiz jilvirlash.
Patronga mahkamlangan detalni aylantirib, ko‘ndalang va bo‘ylama surib
jilvirlashlar eng ko‘p tarqalgan usuldir (12.10-rasm). Abraziv toshning diametrini
ishlanadigan teshik diametri (0,8÷0,9) D qilib olinadi,
V
d
- detal tezligi,
V
tosh
-
abraziv tosh tezligi.
|