1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Tekis yuzalarga randalash va o‘yish (dolbejkalash)



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

12.3.1. Tekis yuzalarga randalash va o‘yish (dolbejkalash)
bilan ishlov berish. 
 
Tekis yuzalarga keskichlar yordamida ko‘ndalang va bo‘ylama randalash 
stanoklarida ishlov beriladi. Yirik o‘lchamli homashyolardan juda keng yoki tor 
uzun yuzalarni ishlash uchun bo‘ylama randalash stanoklaridan, kichik chekka 
o‘lchamli detallarni ishlash uchun ko‘ndalang randalash stanoklaridan 
foydalaniladi. Ko‘ndalang va bo‘ylama randalash stanoklarida gorizontal, vertikal, 
og‘ma yuzalar va to‘g‘ri chiziqli turli profildagi ariqchalar, masalan, T - shakldagi 
ariqchalar, qaldirg‘och dumi ko‘rinishidagi ariqchalar, xuddi shuningdek turli 
xildagi tekis fason yuzalar olish mumkin. 
Bo‘ylama randalash stanogida, ishlash vaqtida detal to‘g‘ri chiziqli 
ilgarilanma-qaytarilma 
harakat 
qiladi. 
Supportga 
o‘rnatilgan 
keskich, 
ishlanayotgan detalga nisbatan ko‘ndalang yo‘nalishda stolning har bir ikki marta 
yurishiga to‘gri kelgan surish qiymatiga siljiydi. Ko‘ndalang randalash stanogida 
asosiy harakat keskichning harakati bo‘lib, surish stanok stolining yordamida 
harakatga keltiriladi. 
Stolning ishchi harakati davomida ishlangan yuzadan qirindi bitta 
yo‘nalishda olinadi, teskari yo‘nalishda esa stol ishchi yo‘nalishiga qaraganda 2-3 
marta katta tezlik bilan harakatlanadi. Teskari yo‘nalishda, keskich qirindi 
olmaganligi sababli randalash uchun ko‘p vaqt sarf qilinishiga olib keladi, shuning 
uchun randalash, frezalash va sidirish (protyajkalash) usuliga qaraganda ish 
unumdorligi ancha kam usul hisoblanadi. Randalash stanoklarida ishlov berish, 
nisbatan kichkina qirqish tezligida olib borilgani uchun, qirqish rejimlarini oshirish 
hisobiga ishlab chiqarish unumdorligini orttirib bo‘lmaydi. Randalash stanoklarida 
ishlab chiqarish unumdorligini oshirish uchun, bitta ushlagichga bir nechta 


274 
keskichlarni mahkamlab, bir nechta yuzalarni bir vaqtda ishlash hisobiga amalga 
oshiriladi. 
Randalashda asosiy vaqt quyidagi ifoda bilan aniqlanadi. 
(12.14) 
bu yerda, 
B
- ishlanayotgan yuzaning kengligi, yoki ariqchaning chuqurligi, mm; 
X

yon tomonga botib kirishi va keskichini chiqishi, mm; 

polzunning yoki stolning minutiga ikki marta o‘tishlar soni; 
S-
keskichni, stolning, 
ikki marta o‘tishiga (yurishiga) to‘g‘ri kelgan surish, mm; 
i
- o‘tishlar soni. Ikki 
marta o‘tishlar soni quyidagi ifodadan aniqlanadi. 
(12.15) 
bu yerda 
L=l+y
- stol yurishining uzunligi, 
l
- randalash yuzasining uzunligi, 
y
-
keskichning botib kirishidagi va chiqishidagi yo‘llari 
stolning 
ishchi yurishining tezligini teskari yurishdagi tezligiga nisbati. 
Randalashda ishlash sifati qirqish rejimlariga, kesuvchi asbobning geometrik 
parametrlariga, xuddi shuningdek ishchining mutaxassislik darajasiga bog‘liq. 
Randalashda ishlash aniqligini o‘rtacha qiymati 11-13 kvalitetni, yuzaning 
g‘adir-budirligi R
a
=20÷10 mkm ni beradi. 
Ichki to‘g‘ri chiziqli o‘yish yuzalarini, masalan vtulkadagi shponka 
ariqchalarini yoki ko‘p qirrali bir tomoni berk teshiklarni, xuddi shuningdek tashqi 
ko‘p qirrali, fason to‘g‘ri chiziqli chegaralangan yuzalarni o‘yish (dolbejniy) 
stanoklarida bajariladi. O‘yish operatsiyasi ko‘proq detallarning ichki konturlarini 
boshqa usullar bilan olish qiyin bo‘lgan holatlarda, yoki umuman olib bo‘lmaganda 
o‘yish stanoklarida bajariladi. O‘yishdagi qirqish jarayoni ham randalashdagi kabi, 
ishchi o‘tishda qirindi chiqaradi, teskari yo‘nalishda esa qirindi olmaydi. Shponka 
ariqchalarini asosan o‘yish jarayoni bilan olinadi. 
Ariqchani o‘yish jarayonida asosiy (mashina) vaqt quyidagi ifodadan 
aniqlanadi. 


275 
(12.16) 
bu yerda, 
B
- ariqchaning chuqurligi, mm; 
n
ikki marta o‘tish (yurish
)
- bir minutdagi ikki 
marta o‘tish (yurish) soni. 
S
- ikki martali o‘tishga (yurishga) to‘g‘ri kelgan bir martali surish, mm. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin