1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tekis yuzalarni frezerlab ishlash



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

12.3.2. Tekis yuzalarni frezerlab ishlash. 
 
Seriyali ishlab chiqarishda, tekis yuzalar frezerlash yo‘li bilan ishlanadi, bu 
usul ish unumdorligi past bo‘lgan randalash usuliga qaraganda yuqoridir. 
Yuzalarni frezerlab ishlashda asosiy qirqish harakati frezaning aylanishidir va 
ishlanadigan homashyoga stolning ko‘ndalang, bo‘ylama va vertikal surish 
yo‘nalishi bo‘yicha harakat beriladi. Tekis yuzalarni 2 xil usulda, ya’ni silindrik va 
torets frezalarda ishlanadi (rasm 12.12). 
Silindrik frezalarda frezerlash 2 xil usulda: a) 1-usul, qarama-qarshi 
frezerlash, freza aylanishi stolning surish yo‘nalishiga qarshi harakat qiladi, b) 2-
usul, bo‘ylab frezerlash - freza aylanishi stolning surish yo‘nalishi bo‘yicha harakat 
qiladi. Frezerlashning 2-usulida qirindining qalinligi 0 dan eng katta qiymatgacha 
o‘sadi, freza tishining qirqish tig‘i ishlangan yuzada sirpanib, uning yuza qatlamini 
deformatsiyalaydi (puxtalaydi), ya’ni yaxshilanadi, frezerlashning 1-usulida 
qirindini qalinligi sekin-asta kamayadi, ishlangan yuzaning sifati 2-usulga 
qaraganda yomonlashadi. 
Rasm 12.12. Tekis yuzalarni frezerlash. 
 


276 
Lekin 1-usulda qirqish jarayoni titrashlar bilan boradi.Shuning uchun 
bunday frezerlash usuli yuqori bikrlikka ega bo‘lgan stanok konstruktsiyalarida, 
ya’ni surish mexanizmidagi lyuftni yo‘qotish qurilmasi bo‘lgan stanoklarda 
ishlatish mumkin. 
Torets frezalar bilan tekis yuzalarni ishlash unumdorligi silindirik frezalar 
bilan (tekis yuzalarni) ishlashga qaraganda yuqori bo‘ladi, undan tashqari 
ishlangan yuzaning g‘adir-budirligini balandligi kamayadi, ya’ni ishlangan 
yuzaning sifati ortadi. Shuning uchun seriyali ishlab chiqarishda, tekis yuzalarni 
ishlashda, yirik chekka o‘lchamli korpus tipidagi detallarni, katta diametrli torets 
frezalardan foydalanib frezerlanadi. Odatda frezerlashda 8÷11 kvalitet aniqligini, 
tezligi katta va ingichka frezerlashda 6÷7 kvalitet aniqligini olish mumkin. 
Silindrik va torets frezerlashda asosiy (mashina) vaqt quyidagi ifodadan 
aniqlanadi. 
; (12.17) 
bu yerda, 
L =l+x+y
frezerlashning hisoblangan uzunligi, mm; 
Z
- frezaning tishlari 
soni, n- frezaning aylanishlar soni, ayl/min, 
i
- o‘tishlar soni, 
S
z
-frezaning bir tishiga 
to‘g‘ri kelgan surish qiymati, mm/tish. 
Silindrik frezerlashda, frezaning botib kirishi quyidagi ifodadan aniqlanadi. 
(12.18) 
bu yerda, 
t
- frezerlash chuqurligi, mm; 
D
- freza diametri, mm; Toretsli 
frezerlashda, frezaning botib kirishi 
(12.19) 
Bu yerda, 
B
- frezerlash kengligi, mm; 
- frezaning plandagi asosiy burchagi, 
grad. 
Frezaning ishlab bo‘lgandan so‘ng chiqishi “
y
” ning qiymati, freza 
diametriga qarab y=(2÷5) mm qilib olinadi. 
Tekis yuzalarni frezerlashda ishlab chiqarish unumdorligini oshirishning 
keng imkoniyatlari mavjud. Ishlab chiqarish unumdorligini oshirish uchun bir 
vaqtda ishlanayotgan homashyolarni sonini orttirish, bir vaqtda ishlaydigan 


277 
kesuvchi asboblarni sonini ko‘paytirish va qirqish rejimlarini oshirib ishlash 
hisobiga erishish mumkin. Kichik o‘lchamli tekis yuzalarni ishlash uchun, 
frezerlash stanogining to‘liq ishchi yurishidan foydalanib, ko‘p o‘rinli 
moslamalardan foydalanib ishlanadi. 
Tekis yuzalarni frezerlashning ishlab chiqarish unumdorligi frezerlash 
stanogining konstruktsiyasiga va ularning texnologik imkoniyatlariga bog‘liqdir. 
Frezerlash stanoklari quyidagi konstruksiyalarda (turlarda) tayyorlanadi. 
Gorizontal, vertikal, bo‘ylama frezerlash, karusel frezerlash, baraban frezerlash 
stanoklarida yirik o‘lchamli korpus detallarini ikki yoki uch tomonini ishlash 
uchun foydalaniladi. Baraban frezerlash stanoklari parallel tekisliklarga ega 
bo‘lgan detallarni bir vaqtda ikki tomonini ishlash uchun xizmat qiladi. Bu usulda 
frezerlash yuqori unumdorlikka egaligi bilan ajralib turadi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin