1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Tekis yuzalarni sayqallab (dovodka), ishqalab (pritirka)



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
12.3.5. Tekis yuzalarni sayqallab (dovodka), ishqalab (pritirka), 
yaltiratib (polirovka) va shaberlab ishlash 
 
Tekis yuzalarni toza ishlash uchun sayqallash, ishqalash, yaltillatish va 
shaberlash jarayonidan bittasi qo‘llab olinadi. Birinchi uchta jarayon jilvir 
kukunlar va pastalar bilan (pritirlar, ishqalagichlar) yordamida, oxirgi jarayon esa 
metaldan yasalgan shaber asbobida olib boriladi. Pritirkalash (ishqalab ishlash) 
jarayonida yumshoq yoki bikr ishqalagichlarga ingichka qatlamda poroshok yoki 
pasta suriladi. Tekis yuzalarni dastlabki ishqalash jarayoni nisbatan, yumshoq 
ishqalagichlarda 
(bronza, 
qizil 
mis, 
qo‘rg‘oshin, 
yog‘och) 
va 
qattiq 
ishqalagichlarda bo‘lgan (najdak, korund, karbokorund, olmos changi) donadorligi 
M28, M20, M14, M10, va boshqalarda olib boriladi. Yumshoq ishqalagichlarda bu 
jilvirlar dastlabki ishqalab ishlash jarayonini osonlashtirib, yuqori unumdorlikni 
taminlaydi. Tekis yuzalarni toza ishqalab ishlash uchun po‘latdan va shishadan 
tayyorlangan qattiq ishqalagichlarda vena oxaki, xrom oksidi va temir oksidlaridan 
foydalanib olib boriladi. Ishqalab ishlashda bir tomonga beriladigan qiytim 
(0,005÷0,025) mm ni tashkil qiladi. Ishqalab ishlashda ishlangan yuzaning g‘adir-
budirligi R
a
=0,08÷0,01 mkm ni tashkil etadi.
Shaberlash.
Tekis yuzalardan juda ingichka metal qatlamini shaber asbobi 
yordamida sidirib olish jarayoniga shaberlash deb ataladi. Shaberlash usuli toza
tekis ishlash jarayonidir.Tekis yuzalarni shaberlash juda murakkab jarayondir, 
chunki u yuqori malakali ishchi tomonidan, qo‘l mehnati yordamida olib boriladi. 


282 
Shaberlash jarayoni quyidagi tarzda olib boriladi. Namunaviy plitaga 
ingichka qatlamli kraska (surik, sinka va qora kuya (saja)) surtiladi, keyin 
ishlangan yuzali detalni plitaga qo‘yib, yengil kuch bilan detalni siljitsak, yuzaning 
g‘adir-budirligi balandliklariga kraska yopishib qoladi, qolgan (yerlari) yuzalari 
toza bo‘lib qoladi. G‘adir-budirlik balandliklaridagi kraska yopishib, qolgan 
yuzalari shaberlash jarayoni bilan ishlanadi. Bu jarayonni ishlangan yuzalarni tekis 
to‘liq kraska qoplaguncha davom ettiriladi. Namunaviy plitadan kraskani quruq 
artib tashlab, tekshirilayotgan buyumni plitaga qo‘yib siljitiladi. Bunda ishlangan 
yuzaning balandliklari oq dog‘lar bilan qoplanadi. Shaberlash sifati ishlangan 
yuzaning 1 sm
2
ga to‘g‘ri kelgan dog‘lar soniga qarab belgilanadi: Agar 1 sm
2
ishlangan yuzadagi dog‘lar soni (5÷6) ta bo‘lsa, shaberlash yaxshi o‘tkazilgan 
hisoblanadi. 
Shaberlashni mehnat sig‘imini kamaytirish uchun bu jarayonni mexanik 
usulga o‘tkazib, mahsus stanoklarda bajariladi, shaber asbobi esa katta quvvatga 
ega bo‘lmagan elektrodvigatel yordamida ilgarilanma-qaytarilma harakat qiladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin