1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Sidirish usuli bilan tekis yuzalarni ishlash



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
12.3.3. Sidirish usuli bilan tekis yuzalarni ishlash 
 
Detallarning tashqi va ichki yuzalarini sidirish operatsiyasi bilan ishlash 
yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan jarayondir. Sidirish korxonalarning seriyali va 
ommaviy ishlab chiqarish turlarida keng qo‘llaniladi. Tekis yuzalarni sidirib 
ishlash ko‘p tig‘li asbob sidirgich yordamida olib boriladi. Sidirgich sterjen 
ko‘rinishida bo‘lib u ma’lum shaklda joylashgan ko‘p tishlardan iborat bo‘ladi. 
Sidirgichni qaralayotgan tishi oldingi tishiga qaraganda, surish yo‘nalishi 
qiymatiga teng miqdorda kattalashib boradi. Sidirgich bitta to‘liq o‘tishi davrida, 
ishlanayotgan yuzaning butun kengligi bo‘yicha to‘liq qiytimni, ya’ni chuqurlikni 
sidirib chiqaradi. Sidirgichni asosiy ishchi tishlaridan tashqari kalibrlovchi 
(to‘g‘rilovchi) tishlari ham bo‘ladi, bu tishlar ishlanayotgan yuzaga berilgan 
aniqlikni va g‘adir-budirlikni ta’minlaydi. Tekis yuzalarni sidirish uchun turli xil 
konstruktsiyadagi sidirish stanoklari qo‘llaniladi. Sidirish stanoklarini vertikal, 
gorizontal, karusel va tunnel turlari mavjud. 
Ko‘pincha tashqi tekis yuzalarni ishlash uchun vertikal, bir tomonlamali 
yoki ikki tomonlamali harakatlanuvchi sidirish stanoklaridan foydalaniladi. Ikki 


278 
tomonlamali harakatlanuvchi stanok, sidirgichlari ikkita bo‘lib, ular galma-gal 
(poperemenno) o‘zgaruvchan holatda ishlaydi, bu esa detalni boshqa holatda 
o‘rnatishga va mahkamlashga imkoniyat beradi. Sidirishda kesish tezligi 20 m/min 
gacha yetadi. Tekis yuzalarni sidirishda homashyolarni ishlanmagan yuzalarini 
qiytimi (2÷6) mm gacha, ishlangan yuzalarni qiytimi 0,5 dan 1 mm gacha 
qiymatda olinadi. Ishlanmagan yuzalarni sidirishda (pokovka), bu yuzalardagi 
hosil bo‘lgan kuyundi qatlami, odatdagi tekis sidirgichlarni tishlarini tezda 
o‘tmaslashtiradi va chetnab ketishiga ham olib keladi. Bunday holat ro‘y 
bermasligi uchun, zamonaviy sidirish usulidan foydalaniladi. Bu usulda mahsus 
sidirgichlardan foydalaniladi, bunday sidirgichlarda, tishlari harakat yo‘nalishiga 
nisbatan og‘ma ravishda joylashgan bo‘ladi. Bu holda, qirindi ishlanayotgan 
yuzaning butun kengligi bo‘yicha, qirqilmasdan, balki kichik kengliklar bo‘yicha 
qirqilib, keyingi tishlarning har biriga to‘g‘ri keladigan qirindi kengligiga ortib 
boradi, ishlanayotgan to‘liq yuzaga tegishli aniqlik va g‘adir-budirlikni, butun 
ishlanayotgan yuza bo‘yicha, kalibrlovchi tishlar ta’minlaydi. Shunday qilib, 
mahsus sidirgichni bitta o‘tishida, ishlanayotgan hamma yuza yuqori aniqlikda 
ishlanadi. Tashqi yuzalarni sidirishda g‘adir-budirlik R
a
=2,5÷0,63 mkm ni 
ta’minlaydi. 
Tekis yuzalarni keng seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda yuqori 
unumdorlikka ega bo‘lgan uzluksiz harakatda (nepererivniy) bo‘lgan karusel stolli, 
barabanli, yoki zanjirli transporteri bo‘lgan sidirish stanoklaridan foydalaniladi. Bu 
stanoklarga 
homashyolar, 
moslamalar 
yordamida 
zanjirli 
transporterga 
o‘rnatiladi.Yuzalarni ishlash qo‘zg‘almas sidirgichga nisbatan homashyoni 
uzluksiz harakat qildirish yo‘li bilan olib boriladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin