279
Tekisliklarni jilvirlashning asosiy sxemalari 12.13-rasmda keltirilgan.
12.13-rasm. Tekis jilvirlash sxemasi.
a- bo‘ylama turdagi stanoklarda abraziv toshning chekka tag qismi bilan jilvirlash;
b- karusel turidagi stanoklarda abraziv toshning chekka tag qismi bilan jilvirlash;
c- bo‘ylama turdagi stanoklarda abraziv toshning yon qismi bilan jilvirlash;
d- karusel turidagi stanoklarda abraziv toshning yon qismi bilan jilvirlash.
V
stol
, V
abraziv tosh
=V
k
, S
vert
, D
stol
, D
k
=D
abraziv tosh
Ko‘pincha qora jilvirlashda, katta chekka o‘lchamli detallarni yuzalarini
abraziv toshning yoni bilan jilvirlab ishlash keng tarqalgandir.
Qora jilvirlashda
qiytim qatlamini o‘lchami, frezerlash yoki randalashga qaraganda bir necha marta
kam bo‘ladi. Katta qiytimlarda qora jilvirlash iqtisodiy tejamkor usul emas deb
hisoblanadi. Qora jilvirlashda katta diametrdagi abraziv toshlardan foydalaniladi.
Katta diametrdagi abraziv toshlar, metal diskga mahkamlangan alohida-alohida
brusoklardan yoki segmentlardan iborat bo‘ladi.
Bunday abraziv toshlardan
foydalanishda, jilvirlash uchun bir muncha ijobiy shart-sharoitlar yaratiladi, ya’ni
issiqlikni ajralib chiqishini kamayishi, jilvirlash jarayonida bo‘ladigan changni va
mayda qirindini oson chiqarib tashlash va ishlash vaqtidagi
mehnat xavfsizligini
ortishi bilan namoyon bo‘ladi. Lekin, bunday abraziv toshlar aniq balansirovka
qilishni talab qiladi. Yuzalarni qora jilvirlash- yirik donali abraziv toshlarda olib
280
boriladi. Toza jilvirlashda ko‘pincha ishlar yaxlit mayda donali abraziv toshlarda
olib boriladi. Jilvirlash tezligi 60 m/sek gacha qilib olinadi.
Abraziv toshning yoni bilan jilvirlash usulida
chashka yoki tarelka
ko‘rinishidagi abraziv toshlardan foydalaniladi. Abraziv toshning yoni bilan
jilvirlash, abraziv toshning chekka qismi bilan jilvirlashga qaraganda ancha ishlab
chiqarish unumdorligi yuqori bo‘lib, lekin aniqligi kamdir. Toza jilvirlashda 6-
kvalitet aniqligini va g‘adir-budirlik yuzasini balandligi R
a
=0,63÷0,15 mkm ni
olishga oson erishiladi.
Bo‘ylama jilvirlash turidagi stanoklarda abraziv
toshning chekka tag qismi
bilan jilvirlash usulida, ishlov berilganda asosiy (mashina) vaqt quyidagi ifoda
bilan aniqlanadi.
; (12.20)
bu yerda
B
- jilvirlash yuzasining kengligi, mm; x- abraziv toshning ishlab chiqish
masofasi, mm;
Z
- ishlanayotgan yuza tomoniga to‘g‘ri kelgan qiytim, mm;
S
(sh) k
-
detalning kengligiga to‘g‘ri kelgan ko‘ndalang surish, mm; n
dvx(ikki yurish)
- stolning
minutiga ikki marta yurishiga to‘g‘ri
kelgan yurish soni,
S
B
- bitta o‘tishga to‘g‘ri
kelgan vertikal surish, mm;
K
- aniqlik (dovodka) koeffitsenti, bu koeffitsent
jilvirlash aniqligini 1,1 dan 1,8
gacha oraliqda ifodalaydi;
m
- stanok stoliga bir
vaqtda o‘rnatiladigan detallar soni.
Karusel turidagi jilvirlash stanoklarida abraziv toshning chekka tag qismi
bilan jilvirlash usulida ishlov berilganda asosiy (mashina) vaqti, quyidagi ifoda
bilan aniqlanadi.
; (12.21)
bu yerda,
n
- stolning aylanishlar soni ayl/min.
karusel turidagi jilvirlash
stanoklarida abraziv toshning yon qismi bilan ishlov berilganda, tekis jilvirlashda
asosiy vaqt, quyidagi ifodadan aniqlanadi.
; (12.22)
- ko‘ndalang surish abraziv toshning (0,5÷0,8) kengligiga teng qilib olinadi.
281
Bo‘ylama jilvirlash turidagi stanoklarda jilvirlash yuzasining kengligi,
abraziv toshning yon qismi bilan jilvirlash usulida ishlov
berilganda asosiy vaqt
quyidagi ifodadan aniqlanadi.
; (12.23)
bu yerda,
L
- stolning uzunligi, mm;
V
- stolning bo‘ylama yurish tezligi, m/min
S
b
-
bitta o‘tishga to‘g‘ri kelgan, abraziv toshning vertikal surilishi, mm.
Dostları ilə paylaş: