1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
12.5.2. Sferik yuzalarni ishlash 
 
Katta o‘lchamda bo‘lmagan sferik yuzalar, fason keskichlar yordamida 
tashqi va ichki yo‘nib olinadi. Kichik sferalarni avtomatda ichki yo‘nish holatlarini 
o‘ziga xos ketma-ketligi quyidagicha; zinapoyasimon keskich bilan (12.18-rasm, a) 
ichki qo‘pol yo‘nishda, fason keskich bilan qora ichki yo‘nish. Yarim toza ichki 
yo‘nish keskichga chuvalchangsimon mexanizm yordamida 360

gradus aylana 


293 
yo‘nalishda surish berib, ishlov beriladi. Sferaning markazidagi aniqligi 0,04 gacha 
yetada. Sfera diametriga toza ishlov berib, aniqligi 6-7 kvalitet darajasiga yetkazish 
uchun 
egiluvchan 
(plavayushaya 
rastochnaya 
plastina) 
ichki 
yo‘nish 
plastinalaridan foydalanib erishiladi. Yirik o‘lchamli sferalarni, xuddi shuningdek 
kichik o‘lchamli sferalarni ichkaridagi yetib bo‘lmaydigan murakkab joylarini 
(keskich bilan yetish qiyin bo‘lgan joylarni) ishlash uchun supportning yoki 
keskich mahkamlagichni biror burchakka burilishini richagli-mexanizmlar 
yordamida amalga oshirib bajariladi (12.18-rasm, b). 
Sfera markazini, sferani o‘zini va sfera materialining qattiqligini HRc=40 
dan katta bo‘lsa, bunday sferani aniqligini 6-kvalitetgacha yetkazib olish uchun 
jilvirlash operatsiyasi bajariladi. 
12.18-rasm. Sferik yuzalarni yo‘nish va jilvirlash. 
 
a) nusxa olish usuli (metod kopirovaniya); 1-dastlabki ishlov berish, 2-oxirgi 
ishlov berish va fason keskich bilan ishlov berish. 
b) richagli mexanizm yordamida ishlash. 
c) murakkab harakatlar, ya’ni harakatlarni (chashkasimon abraziv toshning o‘q 
bo‘yicha surilishi va homashyoni aylanma harakati bilan) yig‘indisidan foydalanib 
jilvirlash. 
Kichkina sferalar
- burovchi mexanizmi bo‘lgan olmos qalamchalar 
yordamida, charxlangan fason (jilvir) toshlarda jilvirlanadi. Agar chashkasimon 
abraziv tosh, o‘zining o‘lchami bilan ishlanadigan yuzani hammasini qoplasa, 
bunday abraziv tosh olmos bilan charxlanmaydi, unga faqatgina bo‘ylama surish 


294 
yo‘nalishi berib, homashyoga aylanma harakat berib, sferaga juda oson va aniq 
qilib ishlov beriladi. Sferik yuzalarni juda katta aniqlikda ishlash uchun, jilvir 
pastalar yordamida ishqalagich (pritir) larda (chashkasimon abraziv tosh bilan 
jilvirlash sxemasi kabi) olinadi (12.18-rasm, c). 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin