12.5.3. Ixtiyoriy shakldagi aylanma yuzalarni ishlash Ixtiyoriy shakldagi murakkab aylanma yuzalarni olishning eng keng
tarqalgan usuliga dastur bilan boshqariladigan tokarlik stanoklarida, bir vaqtda X
va Z koordinatalariga harakat berib boshqarib olinadi. Bunday ishlov berishda 7-
kvalitet aniqligi va yuza g‘adir-budirligi R
a
=1,25 mkm gacha olinadi. Fason
yuzalarning murakkabligi ularning ba’zi ishlov beruvchi yuzalariga kesuvchi
asbobning yetib borishining qiyinligi sababli mahsus asboblar ishlatiladi; mahsus
asboblarga keskichlar, turli xildagi (derjavka) keskich mahkamlovchi dastaklar
kiradi. Dastur bilan boshqariladigan stanoklarda, ishlatiladigan keskichlarning
ishchi qismi iloji boricha sodda holda tayyorlanadi, chunki, keskich murakkab
harakatini stanokning dasturi beradi. 12.19-rasmda turbinaning disk-val detalining
pastidagi chuqur teshik “Karman-cho‘ntak” ni asboblar bilan o‘tib ishlash
keltirilgan. Chuqur fason teshikni qismlaridan keskich bilan qiytimni olib ishlash
quyidagicha olib boriladi: 3-4 nuqta oralig‘ida ariqcha ochiladi, 6-9 nuqtalar
oraliqlarida ariqcha kengaytilib, chuqurlashtiriladi, 11-15 nuqtalar oraliqlarida,
cho‘ntakchani chap fason qismi yarim toza yo‘niladi, 17-22 nuqtalar oraliqlarida,
cho‘ntakni o‘ng fason qismini yarim toza yo‘niladi. Bu cho‘ntakcha qismlarini
yo‘nishda keskich kuchlarini yo‘nalishi taxminlangan, ya’ni kuchlarning yo‘nalishi
keskich mahkamlagichni tayanchiga, keskichni siqib turishga va lyuftlarni hosil
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Lekin shunday ishlash jarayonida 22 nuqtani chap va
o‘ng tomonini yo‘nish natijasida hosil bo‘lgan kuchlanishlar konsentratsiyasini
keyingi toza yo‘nishda olib tashlanadi, u qirqish plastinkasi dumaloq bo‘lgan
keskich bilan yo‘nib olinadi.