13.4-rasm. Anod - mexanikaviy ishlashni prinsipial sxemasi:
a- anodli erish; b- impulsli suyuqlanish.
Tok zichligi past bo‘lganda, metal faqat elektroximiyaviy erish va hosil
bo‘lgan mahsulotlarni mexanikaviy usulda olib tashlash bilan ishlanadi. Tok
zichligi yuqori bo‘lganda issiqlik natijasida elektroerroziyali yemirilish sezilarli rol
o‘ynaydi. Issiqlik esa, elektr razryadlari natijasida hosil bo‘ladi. Bu katod - asbob
va ishlanayotgan buyumlar yuzalarining ayrim nuqtalari orasida paydo bo‘ladi.
Bu usulni ishlashi uchun majburiy shartlardan biri - ishlanayotgan detal va
asbob orasida elektrolitning mavjudligi hamda, uni yuqori tezlikda oqib turishi.
(
5
.
3
)
310
Elektrolitning eng yaxshisi - bu suyuq shishaning (natriy silikati) suvdagi
eritmasidir.
13.5-rasmda qora anod - mexanikaviy ishlash sxemasi ko‘rsatilgan.
Buyumning ishlanayotgan yuzalari tokdan izolyatsiya qilingan. Tok faqat bir
nechta nuqtalardan o‘tadi.
Tok zichligining o‘rtacha qiymati 100 a/sm
2
bo‘lgan holda, faol yuzalarning
mikro uchastkalarida zichligi 1000 a/sm
2
dan ortadi. Bu mikro uchastkalarda
harorat juda yuqori bo‘ladi: mikro yoy hosil bo‘ladi; metal eriydi, qisman
parchalanadi va ishlash zonasidan chiqariladi.
13.5-rasm. Qora anod - mexanikaviy ishlash sxemasi.
Bu jarayon holatida mehnat unumi ancha yuqori. Lekin, ishlangan yuza sifati
past.
Toza anod - mexanikaviy ishlash sxemasiga misol 13.6-rasmda ko‘rsatilgan.
Bunda ikkita gruppa mavjud. Birinchi gruppada operatsiyalar katod - asbob
yordamida olib boriladi (13.6-rasm, a).
(
5
.
3
)
311
Dostları ilə paylaş: |