297
obkatka harakatiga ko‘ndalang harakatlanadi. Fazoviy fason yuzalarni bu usul
bilan
ishlashni, hozirgi zamonda dastur bilan boshqariladigan stanoklar siqib
chiqarmoqda.
4. Fazoviy maketlar (kopirlar) yordamida avtomatik ravishda detallarni
nusxa ko‘chirish usuli bilan tayyorlash. Berilgan surish qiymati kopirning butun
yuzasi bo‘yicha va xomashyo yuzasi bo‘yicha aylanib o‘tadi.
Detalning shakliga
qarab, ishlash usuliga qarab, xomashyo moslama bilan va kopir bilan aylanadi,
yoki xomashyo bilan kopir bitta stanok stoliga mahkamlanadi, ko‘ndalang
surish
yo‘nalishi bo‘yicha, ilgarilanma-qaytarilma harakat qiladi. Har bir yangi buyum
uchun maxsus nusxa kopir (maket) tayyorlash kerak bo‘ladi. Yirik seriyali ishlab
chiqarishda qo‘llaniladi.
5. Murakkab fazoviy shakldor yuzalarni, dastur bilan boshqariladigan
dastgohlarda ishlash usuli. Fazoviy shakldor yuzaning
ishchi chizmadagi shakli,
to‘g‘ri chiziq, og‘ma chiziq, yarim aylana, ellips, to‘liq aylana, sektor va
boshqalarning koordinatalari aniqlanadi. To‘g‘ri chiziq, aylana, ellips va shunga
o‘xshash shakllarni algebraik ifodalari orqali kesuvchi asbobni harakat tenglamasi
tuziladi. Bu usul mayda seriali va yakka tartibda ishlab chiqarish turlarida qo‘llash
taklif etiladi.
Misol uchun, fazoviy konturni frezerlash misolida ko‘rib chiqiladi.
12.20-rasm a da, yaxlit chiziq bilan freza o‘qining harakat yo‘nalishini tayanch
koordinata nuqtalari ko‘rsatilgan. Shartga asosan hamma tayanch nuqtalarida
(1…5) frezaning kesish qismi ishlanayotgan xomashyo yuzasiga tegib turibdi,
ishlangan yuza trayektoriyasining yo‘nalishi (1
'…
5
')
bo‘yicha bo‘lib, bu yo‘nalish
frezaning yon (tores) tomoni sferik ko‘rinishda bo‘lmagani uchun ular farq qiladi.
12.20-rasm b da ko‘rsatilganidek, ishlanayotgan aylananing
konturidagi har bir
yoyga to‘g‘ri keladigan, kesuvchi asbobning markazidan olingan radius bilan
oddiy (korreksiya qilib) to‘g‘rilanib olingan radius yoyiga to‘g‘ri keladi.