1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Ixtiyoriy shakldagi fason yuzani dastur bilan boshqarib



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

12.19-rasm. Ixtiyoriy shakldagi fason yuzani dastur bilan boshqarib
ichki yo‘nish, (1… 24 tayanch nuqtalari). 
 
Fason yuzalarni olish uchun, nusxa olish usulidan foydalaniladi. Aylanma 
fason yuzalarini olish uchun gidrosupporti bo‘lgan va nusxa-shablon (kopir-
shablon) larni mahkamlash va to‘g‘rilash qurilmalari bo‘lgan tokarlik yarim 
avtomatlardan, tokarlik stanoklaridan yoki dumaloq jilvirlash stanoklaridan 
foydalaniladi. Toblangan po‘latlardan tayyorlangan tekis nusxa-shablon (kopir-
shablon) lar, boshqa magnit sistemali va turli xil boshqaruvchi dasturlari bo‘lgan 
stanoklarga qaraganda tekis nusxa shabloni ko‘rsatilgan fason yuzani ishlash 
dasturini ishonchli saqlay oladi. Nusxa oluvchi yarim avtomat stanoklari
ko‘pincha ular arzon siklovoy-dastur bilan boshqariladigan sistemalar bilan 
ta’minlangan bo‘ladi, bu siklovoy dastur andoza bo‘yicha turli xildagi supportlarni 
kerakli ketma-ketlikda oson ishlash sikliga kopir bo‘yicha, tez o‘lchamga to‘g‘rilay 
oladi. 
Ko‘p o‘tishli (qora, toza) operatsiyalarni avtomatlashtirish uchun stanoklarni 
avtomatik tarzda bo‘luvchi qurilmasi bo‘lgan ko‘p sektorli kopir mahkamlagichlar 
bilan ta’minlanadi. Ularga 2 tadan 4 tagacha tekis kopirlar o‘rnatiladi. Ularda 
ishlaganda oldingi o‘tish operatsiyasi tugagandan so‘ng, u buraladi va keyingi 
shupga navbatdagi andozaga o‘tish uchun to‘g‘rilanadi. Ishlash aniqligi bu 
stanoklarda ham xuddi dastur bilan boshqariladigan stanoklardagidek bo‘ladi. 


296 
Bu stanoklarni asosan (katta detallarni ishlab chiqaruvchi) keng seriyali 
ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llaniladi. 
Fason keskichlar va jilvirlash toshlari bilan aylanma fason yuzalarni 
ishlaganda, ishlanadigan yuzaning kichik bo‘lishi va ishlab chiqarish sonini katta 
bo‘lishi, maqsadga muvofiqdir. 
Fason yuzalarni olishni bu turi, yuqorida qarab chiqilgan usullarga 
qaraganda ishlab chiqarish samaradorligi ancha yuqoridir. Fason keskichni 
bikrligini to‘liq saqlagan holatda, ishlangan yuzaning uzunligi 50 mm gacha olish 
mumkin. Fason keskichlarni shaklini saqlash uchun, dumaloq fason keskichni ham 
prizmatik fason keskichni ham old yuza bo‘yicha charxlanadi. Qirqish sharoitini 
yaxshilash uchun, odatdagi ko‘ndalang surish yo‘nalishini, tangensial (urinma) 
surish yo‘nalishiga o‘tkazish kerak. Fason keskichlar bilan ishlangan yuzalarning 
aniqligi 7-8 kvalitetni, kalibrovkadan so‘ng 6-7 kvalitet aniqligigacha olish 
mumkin. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin