1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
12.5. Fason yuzalarni ishlash 
 
Ishlash usuliga (o‘xshashligiga) qarab, fason yuzalar quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi: 1- guruh aylanma fason yuzalar (konussimon, sferik va ixtiyoriy 
shakldagi), 2- guruh to‘g‘ri chiziqli fason yuzalar va 3- guruh hajmli fason yuzalar. 
Bu guruhlar ichida rezba yuzalarni ishlash alohida qarab chiqildi. 
Fason yuzalarining o‘lchamiga, shakliga va ishlab chiqarish masshtabiga 
qarab, quyidagi ishlash usullari qo‘llaniladi. 
a) Dastur bilan boshqariladigan 2-5 koordinatali stanoklar. 
b) Kopir, (etalon) namuna yordamida avtomatik nusxa olish. 
c) Turli yo‘nalishlarda murakkab harakatlar majmuasi yordamida, fason 
yuzalar olish. 
d) Detalga yoki kesuvchi asbobga talab qilingan yo‘nalishni mexanizmlar 
yordamida amalga oshirib fason yuzalar olish. 
e) Fason kesuvchi asboblar bilan fason yuzalar olish. Oxirgi usul eng unumli 
bo‘lib, uni bikir texnologik sistemada, keskich bilan amalga oshiriladi. 
Toza ishlash usulida, fason yuzalar olinadi. Ishlab chiqarishni texnologik 
tayyorlashni tezlashtirish uchun, dastlabki ishlov berishda fason yuzalari kerakli 
qiytimda pog‘onali yoki soddalashgan (asliga yaqin bo‘lgan) fason yuzalar holiga 
keltirib olinadi. 
 
12.5.1. Konus yuzalarni ishlash 
 
O‘qqa biror “α” burchak ostida joylashgan yasovchi bo‘lgan, konus yuzalar 
yo‘nish va jilvirlash usullari bilan ishlanadi. Yasovchisining uzunligi 50 mm gacha 
bo‘lgan, konus yuzalarni detalning bikrligiga qarab, ularni bir yoki bir nechta keng 
tig‘li keskichlar bilan ishlash mumkin. 


292 
Tishlarni va ishlangan yuza qatlamining bir xil puxtalanmasligini paydo 
bo‘lishi hisobiga, keyingi toza yo‘nishda keskich konus yuzaning yasovchisi 
bo‘ylab harakatlanadi va ishlov beradi. Buning uchun universal stanoklarda 
supportning yuqori salazkasini biror “α” burchakka burib, qo‘lda ishlanadi yoki 
bo‘ylama surish S
bo

yl surish
ni va ko‘ndalang surish S
ko`nd
ni qo‘shib 
qilib, yoki nusxa oluvchi (kopirlash) lineykasidan foydalanib, surishlarni boshqarib 
konus yuzalar olinadi. Tokarlik avtomat stanoklarida biror burchak ostida 
yo‘naltiruvchi mahsus supportlardan foydalaniladi. Bunday yo‘nishlarda 7÷8 
kvalitet aniqligiga erishiladi. Aniqlikni oshirish uchun, hamda toblangan 
po‘latlarni konus yuzalarini jilvirlab ishlash uchun, quyidagi ketma-ketlikka rioya 
qilinadi: Stanok stolini, oldingi babkani va jilvir asbob babkasini 7

gacha buriladi. 
Har ikkala holatda ham stanok stoli detal bilan birgalikda bo‘ylama surishni 
amalga oshiradi. 
Parmalashdan so‘ng kichik konus teshiklar quyidagicha ishlanadi: a) 
Konuslik darajasi 1/50÷1/30 bo‘lsa, konussimon razvertka bilan; b) Konuslik 
darajasi 1/20 bo‘lsa, ikkita konussimon razvertka bilan: c) Konuslik darajasi 
1/16÷1/18 bo‘lsa, oldin konussimon zenker bilan, keyin esa razvertka bilan; d) 
Konuslik darajasi katta bo‘lgan. teshiklarni konussimon zenker bilan ishlanadi, bu 
zenker bilan ishlashdan oldin, dastlab pog‘onasimon zenker bilan yoki ikkita 
parma bilan pog‘onasimon teshik tayyorlab olinadi. Bunday ishlash usuli bilan 6-7 
kvalitet aniqligiga erishiladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin