1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

12.4.4. Plashka yordamida rezba kesish 
 
Plashkalarning barcha turlarining asosiy kamchiligi kesib bo‘lingandan 
keyin plashkani orqaga yana burab olishdir, bu vaqt sarfini oshiradi va 
unumdorlikni pasaytiradi. 
Avtomatlarda, revolverli va bolt kesuvchi dastgohlarda rezba kesish uchun 
o‘zi ochiluvchi rezba kesuvchi kallaklar qo‘llaniladi, ularning plashkalarda rezba 
kesishga nisbatan unumdorligi 3-4 barobar yuqori, chunki avtomatik ravishda o‘zi 
ochilganligi uchun, ularni orqaga burab olishga xojat yo‘q. 
 
12.4.5. Rezbalarni frezerlash 
 
Ishlab chiqarishda tashqi va ichki rezbalarni frezerlash keng qo‘llaniladi, 
ular ikki usulda amalga oshiriladi:
1.
Diskli frezalar yordamida. 
2.
Frezalar guruhi yordamida. 
Birinchi usul - diskli freza yordamida frezerlash katta qadamli va yirik 
profilli rezbalarni kesishda qo‘llaniladi. Freza profili rezba profiliga to‘g‘ri keladi, 
frezaning o‘qi detal o‘qiga nisbatan, rezba qiyalik burchagiga teng qiyalikda 
joylashadi. Dastgohning konstruktsiyasiga ko‘ra simmetrik, simmetrik bo‘lmagan 
va diskli frezalar qo‘llaniladi. Rezba kesishda freza aylanadi va detalning o‘qi 
bo‘yicha ilgarilanma harakatga ega bo‘ladi, shu bilan birga detalning bir 
aylanishiga to‘g‘ri kelgan surish, rezbaning qadamiga aniq to‘g‘ri kelishi kerak. 
Detalning aylanishi surishga bog‘liq ravishda sekin amalga oshiriladi. 
Ikkinchi usul - frezalar guruhi bilan frezerlash mayda qadamli qisqa 
rezbalarni olishda qo‘llaniladi. 
Guruhli freza (ba’zida taroqli deb ham ataladi) bitta qisqichga yig‘ilgan 
diskli frezalar guruhidan iborat bo‘ladi. Freza uzunligi, odatda, frezalanadigan 
rezba uzunligidan 2-5 mm ko‘p olinadi. Guruhli freza bilan rezba kesish uchun u 


287 
detal o‘qiga parallel o‘rnatiladi. Detalning bir marta to‘liq aylanish vaqtida, guruhli 
freza rezba qadamiga teng bo‘lgan masofaga siljiydi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin