1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Teshiklarni o‘lchamga yetkazib ishlash



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Teshiklarni o‘lchamga yetkazib ishlash.
(Pritirka, dovodka) Teshiklarni 
o‘lchamga yetkazib ishlashda yuza g‘adir-budirligini R
a
=0,16÷0,06 mkm, 
o‘lchamlarning aniqligini 6 kvalitet qilib olinadi, bu ishlash jarayonlarini ichida 
oxirgi olib boriladigan operatsiyadir. Ishqalash suspenziyasiga pasta qo‘shilgan 
bo‘lib, unga yaxshilab abraziv aralashtirilgan bo‘lib, u mayda donali jilvirlarda olib 
boriladi.
Ishqalash asbobi bo‘lib, “Pritir” xizmat qiladi. Pritir yuzasi pasta yoki 
suspenziya bilan qoplanadi. Ishqalash asbobi (pritir) kichik solishtirma bosim bilan 
aylanma va ilgarilanma-qaytarilma harakat qiladi. Ish vaqtida pritirga kerosin 
quyib turiladi. 
Ishqalash materiallari cho‘yanlardan, po‘latlardan tayyorlangan detallardagi 
teshiklarni o‘lchamga yetkazib ishqalash uchun ishlatiladigan suspenziya yoki 
pastalar elektrokorunddan, kremniy karbididan, bor karbididan, olmosdan va xrom 
oksididan tayyorlanadi. Qo‘pol ishqalashda jilvir poroshokning (dovodka) 
donalarini o‘lchami 5÷3 bo‘lgan, dastlabki ishqalashda mikroporoshoklarning 
donalari o‘lchami M28÷M14 bo‘lgan va oxirgi ishqalab ishlov berishda 
mikroporoshoklarni o‘lchami M10÷M5 bo‘lgan mikroporoshokli jilvirlarda amalga 


267 
oshiriladi. Ishlangan yuzaning g‘adir-budirligini 0.01 dan katta olinishi kerak 
bo‘lsa yanada ingichka donali mikroporoshoklarda M3÷M1 va M0,5÷M0,2 
submikroporoshoklarda (donalari o‘lchami 0,5÷0,2 mkm) olib boriladi.
Ishqalash (dovodochniye) pastalarning turlari quyidagilarga bo‘linadi; 
elektrokorund, kremniy karbidi va bor karbidi asosidagi jilvirlar (donadorligi 
M20÷M3); sintetik olmos asosidagi olmos jilvirlar (donadorligi 100÷1 mkm va 
undan kichik); xrom oksidi asosida yaratilgan ximiyaviy, mexanikaviy (GOI- 
pastasi) pastalar. Bog‘lovchi materiallar, sifatida pastalarda stearin, parafin, vazelin 
va olein kislotasi qo‘llaniladi. 
Ishqalash asboblar-cho‘yandan, po‘latdan, latundan, mis va boshqa 
materiallardan tayyorlanadi. Ishqalash asbobi ishlanayotgan materialiga qaraganda, 
qattiqrog‘idan tayyorlanadi, shuning uchun ham jilvir donalari yuzalarga botishi 
hisobiga pritir yuzasida saqlanib qoladi. Jilvir donalarni pritir yuzasiga bosim bilan 
botirish ish vaqtida yoki ishdan oldin bajariladi (po‘lat sharchalar). 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin