Rasm 12.11. Teshiklarni ichki jilvirlash. Abraziv toshli shpindel 4 ta harakatga ega; I-o‘z o‘qi atrofida aylanma, detal
esa stanokka qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan; II–detalning ichki yuzasi bo‘yicha
aylana planetar harakati; III-detalning o‘qi bo‘yicha ilgarilama-qaytarilma harakati;
IV shpindelni ko‘ndalang surilishi. Detalning bir marta to‘liq aylanishiga to‘g‘ri
kelgan ko‘ndalang surish tezligi qiymati juda kichkina: S=0,003÷0,002 mm/ayl.
Bu stanoklarni ish unumdorligi kichkina bo‘lganligi sababli katta va og‘ir
detallarni jilvirlash uchun ishlatiladi. Unumdorligi yuqori bo‘lgan stanoklarni
ishlatish imkoni bo‘lgan holatlarda, yuqoridagi stanoklardan foydalaniladi.
Teshiklarni markazsiz jilvirlash (12.11-rasm, b). Aylanma harakatga ega
bo‘lgan mahkamlanmagan detalni teshigi jilvirlanadi. Tashqi diametri dastlabki
jilvirlangan detal 3 ta rolik bilan ushlab turiladi va yo‘naltiriladi. Katta diametrdagi
rolik 1-yetaklovchi bo‘lib, u abraziv toshga nisbatan detal 2 ni aylantiradi, tepada
joylashtirilgan rolik 5 detalni 1-yetaklovchi rolikka va pastki tayanch 4 rolikka
bosib turadi. 3 ta roliklar orasiga joylashgan detal, yetaklovchi rolik tezligiga teng.
Detalni almashtirish uchun, mahkamlovchi rolik 5 chap tomonga surilib, detalni
bo‘shatadi. Agar detalning diametri 30 mm dan kichik bo‘lsa, tayanch rolik 4 ni
,tayanch tig‘iga almashtiradi. Abraziv toshga qirqish tezligi va abraziv toshning
ikki tomonlama yurishiga to‘g‘ri keladigan ko‘ndalang (radial) surish tezligi
beriladi.
Markazsiz jilvirlashda diametr bo‘yicha 6÷7 kvalitet aniqligi, tashqi va ichki
teshiklarni o‘qlarini paralelligi 0,003 mm gacha aniqlik beradi. Bu usul bilan ikki
265
tomoni ochiq va bir tomoni berk bo‘lgan teshiklarni jilvirlash mumkin. Diametri
10 mm dan 200 mm gacha bo‘lgan teshiklarni devorini bir xil qalinlikda ishlab
yuqori aniqlikka erishish mumkin.