245
V=(30÷40) m/sek tezlik bilan, yetaklovchi abraziv tosh esa V=(20÷30) m/sek
tezlik bilan harakatlanadi.
Markazsiz jilvirlash ham 2 xil usulda amalga oshiriladi. 1-usul bo‘ylama
surish (12.5-rasm, a,b), 2-usul ko‘ndalang surish (12.5-rasm, c).
Bo‘ylama surishli
jilvirlash bilan vallarni, vtulkalarni, porshenlarni, bo‘rtib
turgan qismi bo‘lmagan vallarni va boshqa silindrik shakldagi detallarni olish
mumkin. Jilvirlanadigan detal dastgohning bir tomonidan
kiradi va ikkinchi
tomonidan jilvirlanib chiqadi. Bu harakatni olish uchun yetaklovchi abraziv toshni
jilvirlovchi tosh o‘qiga nisbatan α=1÷5° burchak ostida qiya qilib o‘rnatiladi. Bu
qiyalik qiymati qancha katta bo‘lsa, surish qiymati va g‘adir-budirlik katta bo‘ladi.
Ko‘ndalang surishda ham, detal tayanchga o‘rnatiladi. Yetaklovchi abraziv toshga
ko‘ndalang surish tezligi berilib, jilvirlash amalga oshiriladi. Yetaklovchi abraziv
toshning surilish qiymati, detalning bir marta aylanishiga to‘g‘ri kelgan 0,003 mm
dan 0,01 mm li qiymatiga teng qilib olinadi. Ko‘ndalang surishli jilvirlash usuli
bilan konus shakliga va bo‘rtib turgan qismi bo‘lgan
vallarni olish uchun
ishlatiladi.
Markazsiz jilvirlovchi dastgohlarda silindrik, konus va fason yuzali aylanma
jismlarni jilvirlab ishlash mumkin.
Botirib jilvirlash usuli - bu usulda pog‘onali, bo‘rtib chiqqan qismi bo‘lgan
homashyolar ishlanadi. Bunda jilvirlanuvchi jism o‘qi bilan abraziv tosh o‘qi
parallel bo‘lishi kerak.
Aylanma jismlarning tashqi yuzalarini toza va ingichka jilvirlash boshqa
ishlash turlariga qaraganda ancha unumdorligi yuqori usul hisoblanadi. Markazsiz
jilvirlashda unumdorlikni yuqori bo‘lishining asosiy sabablariga qiytimning
kichikligi va abraziv toshning keng olinishi kiradi. Bu usul ishlanuvchi yuzalarni
o‘lchamlarini juda yuqori aniqlikda olish imkonini beradi.
Lekin bu usulda,
yuzalarning nisbatan o‘zaro joylashish aniqligini olib bo‘lmaydi.
Dumaloq jilvirlash va markazsiz jilvirlash stanoklari oson avtomatlashadi va
avtomatik tizimlar ichiga kirib moslasha oladi. Jilvirlash jarayonida homashyoning
yuza qatlamlarini chuqurligini o‘zgarishi bo‘yicha katta harorat hosil bo‘ladi, bu
246
harorat qiymati homashyo yuzasida cho‘zilish kuchlanishlarini hosil bo‘lishida
katta rol o‘ynaydi.
Abraziv lentalarda jilvirlash - abraziv lenta bilan ishlash jarayonida lenta
jilvirlanayotgan valning bo‘yinchasidan ushlaydi va natijada val aylanadi. Lenta
yeyilgan qismini to‘g‘rilash yoki o‘zgartirish uchun u doimo uzluksiz ravishda
tortib chiqarib turiladi va lentani yeyilmagan qismi bilan ishlash davom ettiriladi.
Abraziv lentalar kleydan foydalanilgan
materiallar asosida, suvga chidamli
qilib tayyorlanadi. Abraziv lentalarning donlarining o‘lcham darajasi 80 dan 3
gacha bo‘ladi va ular ishlov berishga ajratilgan qiytimga qarab tanlanadi. Mayda
donali abraziv lentalardan foydalanilganda ishlangan yuzaning g‘adir-budirligi Ra=
0,15 mkm gacha olish mumkin.
Abraziv lentali jilvirlashda kesish kuchi bo‘lmaydi. Abraziv lentali jilvirlash,
jarayoni butun yuza bo‘yicha bo‘lgani uchun, issiqlik butun ishlanayotgan yuza
bo‘yicha, ma’lum chuqurlik qiymatida harorat deyarli
bir xil qiymatda hosil
bo‘ladi. Odatda ishlanayotgan yuza qatlamida siqiluvchi kuchlanishlar hosil
bo‘ladi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, abraziv lentali jilvirlash stanoklarida ishlab
bajarilgan buyumlarning yuzalar sifati, abraziv tosh qo‘yib
ishlanadigan
stanoklarnikiga qaraganda ancha yuqori ekan. Abraziv lentali jilvirlashda juda kam
holatlarda kuyish, darz ketish va qilchalar paydo bo‘lar ekan. Odatda lentali
jilvirlashda past darajali siqiluvchi qoldiq kuchlanishlar paydo bo‘ladi. Shuning
uchun ham lentali jilvirlash usuli ingichka yoki (oxirgi finish) jilvirlash ishlarida
ko‘proq ishlatiladi. Bu usul bilan yuza qatlamining sifatini oshirish mumkin. Lekin
bu
usul bilan, ishlanayotgan yuzalarni va yuzalarni o‘zaro joylashish aniqligini
oshirib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: