221
11.2. Zagotovkalarni RDB stanoklarida ishlash operatsiyalarini
loyihalash xususiyatlari
Operatsiyalar bajarilishini RDB stanoklarda loyhalashda iloji boricha
texnologik o‘tishlarni unda ko‘paytirib ishlashga harakat qilish kerak.
Operatsiyalarni
loyhalash, o‘rnatish sxemasini aniqlashdan boshlanadi.
Keskichni o‘rnatishda, u zagotovkaga bemalol tegib turishini taminlashi lozim.
Tokarlik stanoklarida an’anaviy o‘rnatishdan tashqari mahsus oldingi markazlarga
o‘rnatish ham qo‘llaniladi (11.4-rasm).
Bundan so‘ng o‘tishlarni mazmuni aniqlanadi va ularni bajarish ketma-
ketligi aniqlanadi. Keskich harakat sxemasini eng
yuqori mehnat unumliligini
tanlanadi. Iloji boricha kesish jarayonida keskich charxlanmasligi lozim.
11.4-rasm. Mahsus konstruksiyali oldingi markaz.
a-aylanish o
‘
qiga ekssentrik joylashgan markaz (e-ekssentristet);
b-sferik povodokli markaz.
Asosiy o‘tishlarni mazmuni stanokning texnologik imkoniyatlari asosida
belgilanadi.
RDB stanoklarini
konstruktsiyasiga qarab, amalda barcha operatsiya
strukturalar bajarilishi mumkin. Ammo, tokarlik stanoklarida ko‘p keskichli, bir
o‘rinli va ketma-ket ishlash qo‘llaniladi. Frezerlash va
parmalash-frezerlash-ichki
yo‘nish stanoklarida ko‘p keskichli bir o‘rinli yoki ko‘p o‘rinli ketma-ket ishlash
qo‘llaniladi.
222
O‘tishlarni ketma-ketligini tanlashda quyidagilarga e’tibor berish kerak.
Agar o‘tishlarni bajarish ketma-ketligi ishlash aniqligiga ta’sir qilsa, birinchi galda
barcha qora o‘tishlar bajarilishi lozim. Shu bilan
birga yordamchi yuzalar
(mahkamlovchi teshiklar) uzil-kesil ishlanadi. So‘ngra barcha toza o‘tishlar,
keskichni chiqishi uchun kanavkalar ishlanadi. Yakunida: barcha toza o‘tishlar,
qirindi tekkanda shikastlanadigan yuzalar ishlanadi.
Qolgan holatlarda boshqaruvchi dasturni tayyorlash va uni kiritish,
mehnat
sig‘imini kamligi, hamda operatsiyani bajarishni yuqori mehnat unumini hisobga
olinadi.
Tokarlik ishlashda (16.5-rasm, a) o‘tishlarni bajarish ketma-ketligi quyidagi
variantlarda
bo‘lishi
mumkin:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10;
va
(1,6,9)
(2,7,10)
(3,8)
4
5. Mehnat unumi nuqtai
nazaridan ikkala variant
ham bir xil qiymatga ega. Lekin, ikkinchi variant afzalroq, chunki o‘tishlar soni
kamroq. Demak, boshqaruv dasturidagi o‘tishlar soni ham kam.
Shuning uchun
boshqaruv dasturini tayyorlash va uni ishlab chiqarish uchun mehnat sig‘imi kam
sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: