texnologik operatsiya sikli
deb ataladi.
Detal ishlab chiqarilayotganda detal ishlab chiqarish sikli, mashina chiqarishda,
mashina ishlab chiqarish sikli bo‘ladi. Sikl hisoblangan, amaldagi, mo‘ljallangan
va normalashtirilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, stanok avtomatda bitta vint
yasash, uchun prutokni tayanchga tirab, ishlab, rezba ochib va qirqib tayyor
mahsulot qutisiga tushguncha ketgan vaqt. Keyin jarayon qaytariladi. Yig‘ish
jarayonida: panelga birinchi detalni stapelga o‘rnatishdan boshlab, to‘la yig‘ilib va
umumiy yig‘ish uchastkasiga jo‘natishga ketgan vaqt. So‘ngra yana stapelga
birinchi detal o‘rnatiladi, ya’ni yangi sikl boshlanadi.
Agar operatsiya yoki jarayon takrorlanmasa, u holda sikl to‘g‘risida
gapirilmaydi,
operatsiya yoki jarayon davom etish vaqti
to‘g‘risida gapirilsa
to‘g‘ri bo‘ladi.
Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda, ko‘p holatli stanoklarda va potokli
ishlashda ishlab chiqarish takti tushunchasi mavjud.
Ishlab chiqarish takti
deb
har necha vaqtda (sekundda, minutda, soatda, sutkada) mahsulot tayyor bo‘lishiga
aytiladi. Agar parchin mix har 5 sekundda avtomatdan tayyor tushadi, deyilsa,
demak parchin mix ishlab chiqarish takti 5 sekund ekan. Agar samolyot
fyuzelyajining burun qismi har 10 sutkada to‘la yig‘ilib, tekshiruvdan o‘tkazilib
bo‘linsa, demak uning ishlab chiqarish takti 10 sutka bo‘ladi.
Avtomatlashtirilmagan ishlab chiqarishda bir detal uchun ketgan vaqt
quyidagicha aniqlanadi:
t
dona
=t
as
+t
yor
+t
x.q
+t
z
(1.1)
bu yerda
t
as
- asosiy vaqt;
t
yor
- yordamchi vaqt;
t
x.q
- ish joyiga xizmat qilish vaqti;
t
z
-
ishchini shaxsiy zaruriyatlari uchun vaqt.
23
Asosiy (yoki texnologik) vaqt bu shunday vaqtki, bu davrda ishlanayotgan
detal shakllari, o‘lchamlari yoki yuza holati o‘zgaradi. Stanokda ishlangan detalni
asosiy vaqtining har bir o‘tishi quyidagi ifoda bo‘yicha topiladi.
(1.2)
bu yerda
L
- keskichning ishlash davrida ish harakat tezligida o‘tgan yo‘li, mm:
i
-
ushbu o‘tishda ishchi o‘tishlar soni;
S
min
– keskichni minutdagi surish kattaligi;
S
min
-mm/min.
Keskichni qo‘lda surilganda
L=l+l
kirish
+l
chiqish
(1.3)
Bu yerda,
l
- ishlanayotgan yuza uzunligi;
l
kirish
- keskichni qirqishga kirish uchun ish harakat tezligida o‘tgan zaruriy yo‘li;
l
chiqish
-yuzani to‘la qirqib bo‘lib, chiqib ketish yo‘li uzunligi. Avtomatlashtirilgan
ishlash siklida.
L=l+l
kirish
+l
chiqish
+l
k.s
(1.4)
bu yerda,
l
k.s
- qirqishni boshlashda keskichni zagotovkaga urilib ketishini oldini
olish uchun, keskichni surish uzunligi.
Hisoblashda
l
zagotovka chizmasidan aniqlanadi. Amalda odatda
l
k.s
=1mm,
qilib;
l
chiqish
=1mm qilib olinadi.
l
kirish
qiymati qo‘llanilayotgan ishlash usuli va
keskich turiga qarab, geometrik munosabatlarga qarab, hisoblab aniqlanadi.
Тokarlik uzunasiga yo‘nishda
l
kirish
= t*ctgφ
(1.5)
bu yerda,
t
- qirqish chuqurligi;
φ
- keskichning plandagi burchagi. (1.8-rasm, a)
|