20
uzukni tortish, gaykani burash, flanetsni olish, tortish moslamasini olish va joyiga
qo‘yish.
Тexnologik jarayonni bo‘laklarga bo‘linish sxemasiga misol 1.7-rasmda
ko‘rsatilgan.
1.7-rasm. Тexnologik operatsiyani texnologik o‘rnatish, texnologik o‘tish va ishchi
yurishlarga bo‘linish sxemasi. 1-qora (dastlabki) ishlash; 2-toza ishlash; 3-rezba olish
(qirqish); 4-chiviqdan (prutokdan) detalni qirqib (ajratib) olish; 5-parmalash; 6-teshikni
kengaytirish (“rastochka”).
Тexnologik jarayonni yaratish uchun dastlabki hujjatlar: bular detallarni
(yig‘uv birligi)
ishchi chizmalari, zagotovkalarning chizmalari, uzel va detallarga
qo‘yilgan
texnikaviy talablar, asbob - uskunalar bo‘yicha ko‘rsatmalar va har xil
normativlar.
Тexnologik jarayon texnologik karta, yig‘uv
sxemalari, nazorat texnologik
kartalari va boshqa hujjatlar shaklida rasmiylashtiriladi.
Zavodda yaratilgan texnologik hujjat, zavod
bosh texnologi yoki bosh
injeneri tomonidan tasdiqlangan bo‘ladi. Тexnologik hujjat ishlab chiqarish uchun
qonun hisoblanadi. Bu hujjatlarga u yoki bu o‘zgartirish kiritish faqat bosh
texnolog yoki bosh injenerning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
21
Yaratilayotgan texnologik jarayonlar mahsulot sifatini oshirishda;
mehnat
unumini ko‘tarishga; mehnat sharoitini yaxshilashga, avtomatlashtirishni keng
qo‘llashga; mayda seriyadan yirik seriyaga tez o‘tishga;
fan-texnikani yangi
yutuqlarini tez ishlab chiqarishga tadbiq qilishga qaratilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: