135
6.7. Texnologik merosxo‘rlik
Mashinani ekspluatatsiya qilishda uni ishdan chiqishi to‘g‘risida
gapirilganda, xatolikni kelib chiqishi aniqlanganda texnologik merosxo‘rlik ham
e’tiborga olinadi. Barcha mahsulotlarni ishlab
chiqarish jarayonida va
ekspluatatsiya qilishda ularning xossalarini o‘zgarishini texnologik merosxo‘rlik
hodisasi bilan yaxshi tushuntirish mumkin bo‘ladi.
Texnologik merosxo‘rlik
deb, detalning oldingi texnologik operatsiyalarda
olgan xossalarini keyingi operatsiyalar natijasiga o‘tish xodisasiga aytiladi.
Detallarda bu xossalarni saqlanishini texnologik naslga o‘tish deyiladi (yoki
texnologik nasllilik).
Nasllangan axborotlarni tashuvchilarga quyidagilar kiradi:detal materiali va
yuza holatini ifodalovchi ko‘p qirrali parametrlari kiradi. Axborotlarni tashuvchilar
texnologik jarayonda faol ishtirok etadilar, barcha operatsiyalardan o‘tadilar, o‘tish
davrida o‘z xossalarini qisman yoki butunlay o‘zgartirishlari mumkin. Nasl
qoldirish xossalarini termik ishlash operatsiyalari pasaytirishi, to‘xtatishi mumkin.
Texnologik nasl qoldirish hodisasini
mohiyatini tushuntirish uchun,
podshipnik po‘latidan (ShX15) yasalgan uch guruh namunalarini jilvirlash misolini
ko‘ramiz. Birinchi guruh namunalari katta surish bilan yo‘nilgan va R
a
= 20 mkm
ga ega. Ikkinchi guruh namunalari R
a
=5mkm olinguncha yo‘nilgan.
Uchinchi
guruh namunalari yo‘nilib, dastlabki jilvirlangan va R
a
= 0.32 mkm olingan. Bu
uchchala guruh namunalari bir xil sharoitda toblangan, so‘ngra (jilvirlangan) yuza
g‘adir-budirligi R
a
=0.32 mkm bo‘lguncha ishlangan.
Natijada uchchala guruh
namunalari bir xil o‘lcham (quyim doirasida) va g‘adir-budirlik olishgan. Lekin, bu
guruhlar detallari yuzalarini holati, ular ma’lum davr
ichida bir xil sharoitda
eksplutatsiya qilingandan so‘ng, har xil bo‘lgan. Birinchi guruh detallari yuzalarida
ko‘p miqdorda chuqur g‘ovaklar hosil bo‘lgan. Ikkinchi guruh,
detallarida bu
g‘ovaklar (rakovinalar) ancha kam bo‘lgan. Uchinchi guruh detallar yuzalarida
umuman bo‘lmagan. Demak xulosa
qilib shuni aytish mumkinki, boshida bir xil
sifat ko‘rsatgichlariga (o‘lcham g‘adir-budirlik) ega bo‘lishlariga
qaramasdan
136
detallarni xizmat qilish xossalari har xil bo‘lib chiqadi. Chunki detallarning termik
ishlashgacha bo‘lgan xossalari namoyon bo‘ladi.
Amalda, texnologik jarayon davomida materialning barcha xossalari va detal
yuza qatlamlarining xossalari nasl qoldiradi. Konstruktiv shakllarning nasl
qoldirishi alohida ahamiyatga ega. Masalan, zagotovka teshigi P kuch bilan (6.13-
rasm, a) tortib ishlanganda albatta konstruktiv shaklning texnologik nasl qoldirishi
ishlangan teshik yuzasi silindr shaklidan chetga chiqadi.
Bunga sabab,
zagotovkaning 1-1 va 2-2 kesim yuzalari bikirliklarining har xilligidir. Protyajka
tomonidan zagotovkaga kuch tasirida zagotovkaning ko‘ndalang
kesim yuzalari
har xil deformatsiyalanadi. Chunki ularning bikirliklari har xil. Bu hodisalar teshik
devorini to‘g‘ri chiziqligini buzadi natijada teshik yuzasi silindr shaklidan chetga
chiqadi. (6.13-rasm, b)
Dostları ilə paylaş: