1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Aniq mahsulot korpusini yig‘ish



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

6.12-rasm. Aniq mahsulot korpusini yig‘ish.
 
 


135 
6.7. Texnologik merosxo‘rlik 
 
Mashinani ekspluatatsiya qilishda uni ishdan chiqishi to‘g‘risida 
gapirilganda, xatolikni kelib chiqishi aniqlanganda texnologik merosxo‘rlik ham 
e’tiborga olinadi. Barcha mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida va 
ekspluatatsiya qilishda ularning xossalarini o‘zgarishini texnologik merosxo‘rlik 
hodisasi bilan yaxshi tushuntirish mumkin bo‘ladi. 
Texnologik merosxo‘rlik
deb, detalning oldingi texnologik operatsiyalarda 
olgan xossalarini keyingi operatsiyalar natijasiga o‘tish xodisasiga aytiladi. 
Detallarda bu xossalarni saqlanishini texnologik naslga o‘tish deyiladi (yoki 
texnologik nasllilik). 
Nasllangan axborotlarni tashuvchilarga quyidagilar kiradi:detal materiali va 
yuza holatini ifodalovchi ko‘p qirrali parametrlari kiradi. Axborotlarni tashuvchilar 
texnologik jarayonda faol ishtirok etadilar, barcha operatsiyalardan o‘tadilar, o‘tish 
davrida o‘z xossalarini qisman yoki butunlay o‘zgartirishlari mumkin. Nasl 
qoldirish xossalarini termik ishlash operatsiyalari pasaytirishi, to‘xtatishi mumkin. 
Texnologik nasl qoldirish hodisasini mohiyatini tushuntirish uchun
podshipnik po‘latidan (ShX15) yasalgan uch guruh namunalarini jilvirlash misolini 
ko‘ramiz. Birinchi guruh namunalari katta surish bilan yo‘nilgan va R
a
= 20 mkm 
ga ega. Ikkinchi guruh namunalari R
a
=5mkm olinguncha yo‘nilgan. Uchinchi 
guruh namunalari yo‘nilib, dastlabki jilvirlangan va R
a
= 0.32 mkm olingan. Bu 
uchchala guruh namunalari bir xil sharoitda toblangan, so‘ngra (jilvirlangan) yuza 
g‘adir-budirligi R
a
=0.32 mkm bo‘lguncha ishlangan. Natijada uchchala guruh 
namunalari bir xil o‘lcham (quyim doirasida) va g‘adir-budirlik olishgan. Lekin, bu 
guruhlar detallari yuzalarini holati, ular ma’lum davr ichida bir xil sharoitda 
eksplutatsiya qilingandan so‘ng, har xil bo‘lgan. Birinchi guruh detallari yuzalarida 
ko‘p miqdorda chuqur g‘ovaklar hosil bo‘lgan. Ikkinchi guruh, detallarida bu 
g‘ovaklar (rakovinalar) ancha kam bo‘lgan. Uchinchi guruh detallar yuzalarida 
umuman bo‘lmagan. Demak xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshida bir xil 
sifat ko‘rsatgichlariga (o‘lcham g‘adir-budirlik) ega bo‘lishlariga qaramasdan 


136 
detallarni xizmat qilish xossalari har xil bo‘lib chiqadi. Chunki detallarning termik 
ishlashgacha bo‘lgan xossalari namoyon bo‘ladi.
Amalda, texnologik jarayon davomida materialning barcha xossalari va detal 
yuza qatlamlarining xossalari nasl qoldiradi. Konstruktiv shakllarning nasl 
qoldirishi alohida ahamiyatga ega. Masalan, zagotovka teshigi P kuch bilan (6.13-
rasm, a) tortib ishlanganda albatta konstruktiv shaklning texnologik nasl qoldirishi 
ishlangan teshik yuzasi silindr shaklidan chetga chiqadi. Bunga sabab
zagotovkaning 1-1 va 2-2 kesim yuzalari bikirliklarining har xilligidir. Protyajka 
tomonidan zagotovkaga kuch tasirida zagotovkaning ko‘ndalang kesim yuzalari 
har xil deformatsiyalanadi. Chunki ularning bikirliklari har xil. Bu hodisalar teshik 
devorini to‘g‘ri chiziqligini buzadi natijada teshik yuzasi silindr shaklidan chetga 
chiqadi. (6.13-rasm, b)

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin