134
Yig‘ish davrida kuchlar har xil deformatsiyalarni keltirib chiqaradi. Ko‘proq,
uchraydigan bu cho‘zilish va siqilish deformatsiyalaridir.
Buholda
detallarni
cho‘zilishi yoki qisilishlari natijasida ularning o‘lchamlarini o‘zgarish
kattaligi,
ruxsat etilgan quyim bilan taqqoslanadi. Xuddi shu kabi detallarning kuch ta’sirida
egilishi ham hisobga olinishi lozim. Buralish deformatsiyalari
nisbatan kamroq
uchraydi.
Yig‘ilayotgan
detal
materiallarini
strukturalarini
o‘zgarishi
ham
deformatsiyaga olib kelishi mumkin.
Bu holat, ayniqsa,
aniq detallar uchun
hisobga olinadi. Toblangan po‘lat turg‘un bo‘lmagan strukturaga ega. Masalan: 1%
austenitning martensitga aylanishi po‘latdan yasalgan detal o‘lchamini har 100 mm
uzunligida 10 mkm qiymatga o‘zgartiradi.
Aniq korpuslarni 1 (6.12-rasm) yig‘ishda quyidagi
deformatsiya vujudga
kelishi mumkin. Korpus 1, qopqoq 3 bilan vintlar 2 (soni 24 ta) orqali yig‘iladi. Bu
vintlar bilan mahkamlashda kuchlanish vujudga keladi va vaqt o‘tishi
bilan
o‘lcham “D” ni qiymatini o‘zgartiradi. D- o‘rnatuvchi-ma’sul yuza hisoblanadi.
Statistikadan ma’lumki, “D” o‘lchamni o‘zgarishi (0...0,08mm)
chegarasida
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: