7.7. Talab qilinayotgan aniqlikka erishishni ta’minlovchi qirqish rejimlarini hisoblash Metal qirquvchi stanoklarni sozlashda muhim qismlardan biri bu ratsional
qirqish rejimlarini o‘rnatishdir. Qirqish rejimi qismlari keskich chidamliligidan
chiqib kelgan holda va yuqori mehnat unumdorligini (kam sarflar qilib) ta’minlash
148
nuqtai nazaridan belgilanadi. Yuqori mehnat unumdorligi va ishlash iqtisodi (kam
tannarx) masalalaridan tashqari, talab qilinayotgan aniqlik masalasi ham
ko‘tariladi.
O‘lchamlarning amaldagi aniqligi va ishlangan detallarning geometrik
shakllarining aniqligi kuchli ravishda SMAD tizimining elastik (uprugaya)
deformatsiya kattaligiga bog‘liq. Ma’lumki, bu deformatsiya qirqish kuchining
normal tashkil etuvchisi (P
y
) ta’sirida vujudga keladi. Bu kuch ta’siridan SMAD
deformatsiyasi asosan
tizimiga siljiydi, P
y
kuchining o‘zgarishi
ga bog‘liq,
o‘z navbatida u qirqish rejimiga bog‘liq.
Masalan, qattiqligi HB=170 bo‘lgan po‘latni qirqish chuqurligi
t =0,2 mm va
surish tezligi
s =0,6mm/ayl rejimlaridagi normal kuch o‘sishi, xuddi shunday
sharoitda
t =2,0 mm.
s =0,3mm/ayl rejimidagiga nisbatan 30 marta kam bo‘ladi.
Demak, hamma masala kam vaqt sarf bilan yuqori mehnat unumini
ta’minlovchi optimal qirqish rejimini aniqlashga kelib taqaladi.
Talab qilinayotgan detal aniqligiga va zagotovka xatoliklariga bog‘liq holda
keskichni surish tezligini (S) yo‘nishda hisoblash usulini prof. A.P.Sokolovskiy
aniqlagan:
(7.14)
bu yerda,
; (7.15)
ɛ - aniqlik qiymati.
Agar λ ni o‘rtacha qiymatini
desak, va aniqlash qiymatini o‘rniga
qo‘ysak ifoda (7.14) hisoblash uchun qulay ko‘rinishga ega bo‘ladi:
(7.16)
149
7.3-rasmda po‘latdan yasalgan detallarni yo‘nishda o‘z o‘lchamlariga va
stanok bikirligiga qarab qo‘yiladigan eng katta surish tezligi berilgan. Qirqish
chuqurligi
t=1,0 mm,
l/d =5;