1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Mashina detallari konstruksiyasini texnologikligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
8.7. Mashina detallari konstruksiyasini texnologikligi 
 
Mahsulot xossalarini yig‘indisi, qaysiki, uning konstruksiyasining ishlab 
chiqarishda va ekspluatatsiya qilishda resurslarni optimal harajatiga erishishni, 
berilgan sifat ko‘rsatgichlari, chiqarish hajmi va boshqa ishlarini bajarishda 
moslanishini 
mahsulot konstruksiyasining 
texnologikligi yoki texnologiyabopligi 
deyiladi. 
Mahsulotning 
konstruksiyasining 
texnologikligi 

mahsulot 
konstruksiyasining xususiyatlarini ifodalaydi, uzellarning tarkibini va o‘zaro 
joylashishini, detal va birikmalarning yuzalarini shakli va joylanishi; ularni holati, 
o‘lchamlari, materiallari va h.k. 
Sarf qilinayotgan harajatlarga qarab mahsulot konstruktiv texnologikligini 
ko‘rsatgichlari quyidagilar bo‘ladi: sermehnatliligi, material sig‘imliligi, energiya 
sig‘imliligi va xronosig‘imlik. 
Mahsulot konstruksiyasi texnologikligini (texnologiyabopligi) sifat va son 
baholashni ikki usuli bor. 
Sifat baholash ayrim konstruktiv va texnologik belgilar asosida olib boriladi. 
Mahsulotni 
konstruktiv 
ijrosi 
uni 
texnologikligining 
ishlab 
chiqarish, 
ekspluatatsiya qilish va ta’mir qilish talablariga javob berish darajasiga qarab 


162 
beriladi. Sifat baholash, son baholashdan oldin olib boriladi. Sifat baholash 
natijasida mavjud variantlardan eng yaxshisi tanlab olinadi. 
Son baholash injener-hisoblar usulida olib boriladi. Son baholash 
ko‘rsatgichlarini tanlash GOST 14.201-83 talablari asosida olib boriladi. 
 
8.8. Mashina detallari konstruksiyalariga qo‘yiladigan 
texnologik talablar 
 
Mashina detallari konstruksiyalariga qo‘yiladigan texnologik talablarni 
umumiy holda quyidagicha ta’riflash mumkin, detal konfiguratsiyasi oddiy 
geometrik shakllar yig‘indisi bo‘lishi kerak. Bu, zagotovkani oson va qulay 
o‘rnatish va yuqori mehnat unumli texnologik ishlash usulini qo‘llashni 
ta’minlaydi. Belgilangan detal aniqligi va yuza g‘adir-budirligi, uning xizmat 
vazifasi bilan qat’iy isbotlangan bo‘lishi lozim. Keragidan ortiqcha qo‘yilgan 
aniqlik va yuza g‘adir-budirligi mahsulot tannarxini oshiradi, chunki qo‘shimcha 
texnologik operatsiyalar qo‘shimcha harajatlarni talab qiladi. 
Detallar va ularni qismlarini standartlash va unifikatsiyalash ishlab chiqarish 
hajmini - seriyasini ko‘paytiradi, stanok sozlashni unifikatsiya qiladi va shular 
hisobiga mehnat sig‘imini va mashina detallarini ishlash tannarxini pasaytiradi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin