1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Zagotovkalarni issiq holda shtamplashga misollar: ratsional



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

8.5-rasm. Zagotovkalarni issiq holda shtamplashga misollar: ratsional 
konstruksiya (a), ratsional emas konstruksiya (b), AT – ajralish tekisligi. 
Bolg‘alash jarayonida zagotovkalar iloji boricha oddiy simmetrik shaklga 
ega bo‘lishi kerak. Konuslik, ponasimon shakllarni chetlab o‘tish kerak (8.6-rasm, 
a); silindrik qismlarni bir-birlari bilan, silindrik qismlarni prizmatik qismlar bilan 
kesishmasligi lozim (8.6-rasm, b). Iloji boricha asosiy yuzalarni chiqib turishi (8.6-
rasm, c) ham maqsadga muvofiq emas. 
Agar konfiguratsiya murakkab bo‘lsa, uni bir necha bo‘laklarga bo‘lish 
to‘g‘ri hisoblanadi (8.6-rasm). 


167 
8.6-rasm. Pokovka konfiguratsiyasini 
ratsional (chap tomoni) va ratsional 
emasligiga (o‘ng tomoni) misollar.
 
8.11. Qirqib ishlash operatsiyalarini talab qiluvchi detallar 
 
Bunday zagotovkalarni texnologikligini oshirish uchun quyidagilarga rioya 
qilish kerak: 
1. Mexanik ishlash hajmini qisqartirish kerak: ishlanayotgan yuzalarni 
hajmini kamaytirish bilan; faqat bir-biriga tegib turadigan o‘lchamlarga quyma 
quyish bilan; (8.7-rasm, a) zagotovka o‘lchamlarini iloji boricha detal 
o‘lchamlariga yaqinlashtirish bilan. 
2. Zagotovkani o‘rnatish uchun qulay va ishonchli texnologik baza bilan 
ta’minlash. Bunda texnologik va o‘lchov bazalarini birlashtirish va bazalar 
doimiyligi prinsipini ko‘zda tutish lozim. 
3. Zagotovkani stanokka qulay va ishonchli mahkamlashni tutish; zagotovka 
bikirligini oshirish; bularni qirqish rejimi elementlarini ko‘tarish, bir necha 
keskichlar bilan bir yo‘la ishlash imkonini beradi.
4. Bir qancha zagotovkalarni bir vaqtda o‘rnatish va ishlash (8.7-rasm, b) va 
shu bilan yordamchi vaqtni kamaytirish. Keskichni bemalol ishlab chiqishini 
hisobga olish (8.7-rasm). 


168 
5. O‘lchov bazalarini va o‘lchamlar tizimini shundayligini tanlash kerakki, u 
oddiy va qulay o‘lchov - nazorat qilish asboblarini qo‘llashni imkonini bersin. 
6. Detal shakllarida iloji boricha unifikatsiya qilingan qismlarni qo‘llash 
kerak: rezbalar, kanavkalar, modullar, shponka pazlari va h.k. Bular keskich va 
o‘lchov asboblarini tayyorlashda, ularni unifikatsiya qilish imkonini beradi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin