1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
 


178 
9.2. Zagotovkalarni o‘rnatish sxemasini tanlash 
 
Zagotovkani stanokda ishlashdan oldin uni stanokka bazalash va 
mahkamlash, ya’ni o‘rnatish zarur. Zagotovkani o‘rnatish uni ishlash marshrutiga 
bog‘liq. Buni tanlash uchun zagotovkani ishlashni umumiy ko‘rinishini yaqqol 
tasavvur qilish kerak. 
Keyingi bosqichlarda marshrutni aniqlashtiriladi. O‘rnatish sxemasini 
tanlashda dastlabki ma’lumotlar sifatida detal ishchi chizmasi, zagotovka ishchi 
chizmasi, 
detal 
yasash 
uchun 
texnik 
talablar, 
texnologik 
jarayonni 
avtomatlashtirish darajasi kerak bo‘ladi. Dastlab texnologik bazalar va o‘rnatishni 
prinsipial sxemasi tanlanadi, ya’ni, detalni va zagotovkani shakllari bilan, 
ishlanayotgan yuzalar joylashishi, hamda ularni koordinatli (o‘lchamli) o‘zaro va 
ishlanmayotgan yuzalarga nisbatan joylashishi bilan aniqlanadi. 
Bunda quyidagi holatlarni hisobga olish kerak. 
1. Ishlashga mo‘ljallangan yuzalarga qirqish asbobini keltirish imkoniyati. 
2. Zagotovkani o‘rnatish va so‘ngra bo‘shatib olish qulayligi, osonligi. 
3. Mahkamlash kuchi qo‘yilgan joylarda mahkamlash ishonchliligi va 
qulayligi. 
4. Tanlangan mahkamlash sxemasi bo‘yicha mahkamlash davrida 
zagotovkani egilib deformatsiyalanishiga yo‘l qo‘ymaslik. 
Zagotovkaning geometrik shakllariga qarab har xil o‘rnatish sxemalari 
qo‘llaniladi. O‘rnatish sxemalari bir-birlaridan texnologik bazalarning shakli va 
joylashishi; tayanch nuqtalarning soni; erkinlik darajasi yo‘q qilinganlik soni; 
zagotovkani mahkamlash sxemalari bilan farq qiladi. 
Zagotovkalarni o‘rnatish sxemasini tanlash uchun ma’lumotnomadan 
namunaviy bazalash sxemalarini ishlatish yo‘li bilan olinadi. Bularni batafsil 
ko‘rib chiqamiz. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin