175
8.10-rasm. Molotli shtamplar sxemalari.a-ochiq , b-yopiq , c.d- to‘g‘ri va teskari
qisib chiqaruvchi. 1-puanson, 2-matritsa, 3-pokovka, 4-turtgich.
Prokatlash.
Bu usul bilan metal qirquvchi stanoklarda ishlanadigan
zagotovkalar olinadi.
Kvadratli
buyumlar, yirik vallarni zagotovkalarini bolg‘alash uchun
ishlatiladi. Sortli profillar (dumaloq, kvadrat, olti qirrali) tekis va zinapoyali vallar,
disklar, vtulkalar, flanetslar, richaglar olish uchun ishlatiladi. Prokatlangan
trubalar,
silindrlar, barabanlar, shpindellar, ichi bo‘sh teshik,
vallar va hokazolar
uchun. Prokatlashdagi aniqlik kvaliteti 14-15, yuza g‘adir-budirligi Ra10-40 mkm.
Kukun metallurgiyasi usuli.
Bu usul bilan har xil tarkibdagi turli xossali
zagotovkalar olinadi: olovbardosh va issiqbardosh (BK6, TI5K6), ishqalanishga
chidamli; yuqori g‘ovakli (filtrlar), sirpanish podshipniklari (САП, САC), o‘ta
yengil (AI-Li), qiyin eriydigan materiallardan, ya’ni qotishmalar (WC, Nb, Ti) va
h.k.
Kukun metallurgiyasi asosida olingan zagotovkalar
uchun faqat toza
ishlashning o‘zi kifoya. Masalan, avtomobil reduktori satellitining tishli g‘ildiragi,
qaysiki, kukun metalurgiyasi asosida olingan, tishlarini ilashish (zatsepleniye)
aniqligi 7- darajasini va ichki diametrini o‘tkazish (посадка) aniqligi 7- kvalitetni
ta’minlaydi. Kukun metallurgiyasi usuli bilan tishli g‘ildiraklar, kulachoklar,
yulduzlar, xropoviklar, vtulkalar, qattiq qotishmali plastinkalar (T15K6),
filtrlar,
podshipniklar, mahsus magnitlar va h.k. yasaladi.
Bu usul katta hajmdagi mahsulotlar ishlab chiqarishda samaradorlik beradi.