1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Zagotovkalarni tanlash va uning ketma-ketligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
8.13. Zagotovkalarni tanlash va uning ketma-ketligi 
 
Ikki xil holatda bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda konstruktor zagotovka 
olish usulini oldindan aniqlagan bo‘ladi, texnolog uni faqat oydinlashtiradi. 
Ikkinchi holatda konstruktor zagotovka tanlashni texnologga qoldiradi. Ikkinchi 
holat mayda seriyali va donalab ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladi. Birinchi holat esa 
ko‘plab, keng seriyali ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladi.
Ishlab chiqarish hajmi katta bo‘lgan zagotovkalarni yasash-olishni 
texnologik jarayonini progressiv usullarini qo‘llashni aniqlaydi. 
Detalni ishlash sharoitlariga, uning materiali, texnik talablari, zagotovkani 
olish usuli va asbob uskunalar strukturasi va mazmuniga ta’sir qiladi.
Ishlab chiqarish hajmini ortishi texnologik jarayonlarda zagotovkalarni 
yasashda ilg‘or usullarini qo‘llashni talab qiladi. 
Qo‘lda zagotovkaning dastlabki chizmasi, detal chizmasi, (uning 
o‘lchamlari, shakli, materiali texnik talablar va h.k. ko‘rsatilgan holda) ishlab 
chiqarish hajmi haqida ma’lumotlar, rasmiy (normativ) hujjatlar-materiallar 
bo‘lgan holatda zagotovkani quyidagi tartibda tanlanadi: jarayon, usul, texnologik 
jihozlar. Jarayonni asosida qabul qilingan zagotovkani olish usuli yotadi. Jarayon 
strukturasi, uning mazmuni ishlanayotgan zagotovka murakkabligi darajasi bilan 
aniqlanadi. 
Birinchi navbatda konstruktor tomonidan belgilangan detal materialini 
texnologik imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Materialni legirlanish darajasini uning 
ishlanuvchanligiga ta’siri ko‘riladi.
Agar detal materialini quymakorlik xususiyatlari ham, bosim ostida 
ishlanuvchanlik qobilyatlari ham yaxshi bo‘lsa, texnik talablardan kelib chiqqan 
holda detal sifatini ta’minlovchi usul qabul qilinadi.


172 
Stanoksozlikda quymalarni po‘lat va cho‘yandan olingan materialning 35-
54% ulushi chiqindiga aylanadi. Dastlabki zagotovkani plastik deformatsiya usuli 
bilan olganda esa 5-37% ni tashkil qiladi. Molotlarda bolg‘alash usuli bilan 
olinganda 29-37%; Preslab bolg‘alaganda 20-33%; Prokat shtamplanganda 13-
26% ulushi chiqindiga chiqadi.
Mexanik usulida ishlaganda qirindiga aylanayotgan metal hajmi 
zagotovkaning dastlabki holatiga bog‘liq. Zagotovka po‘lat prokati prutogi bo‘lsa, 
uning 30-50% qirindiga aylanadi; agar pokovka bo‘lsa 30-45%. Shtamplangan 
pokovka uchun 10-30%; qum-gildan yasalgan qolipda olingan zagotovka uchun 
15-20%; qobiqli qolipdan olingan quyma uchun 10-15% qirindiga aylanadi.
Shuni aytish kerakki, bu qirindilarning faqat 20% qayta eritilishi mumkin. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin