1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Ishlab chiqarish turini va ishlash usulini aniqlash



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
8.6. Ishlab chiqarish turini va ishlash usulini aniqlash 
 
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish turi aniqlanadi. 
Ommaviy va seriyali ishlab chiqarishda mahsulot ishlab chiqarish hajmi mahsulot 
chiqarish ritimini yoki taktini belgilash uchun xizmat qiladi. Bu esa, topshirilgan 
dasturni vaqtida bajarilishini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish turini quyidagi jadval 
bo‘yicha aniqlanadi. 
8.1-jadval. 
Ishlab chiqarish 
Og‘ir 
mashinasozlikning 
yirik mahsulotlari 
O‘rta o‘lchamdagi 
mahsulotlar 
Mayda mahsulotlar 
Donali 
<5 
<10 
<100 
Mayda seriyali 
5-100 
10-200 
100-500 
O‘rta seriyali 
100-300 
200-500 
500-5000 
Yirik seriyali 
300-1000 
500-5000 
5000-50000 
Ommaviy 
1000 
500 
50000 
Texnologik jarayonni loyihalash uchun ishlab chiqarish turidan tashqari, 
ishlash usulini ham belgilash kerak. Hozirgi zamon korxonalarida asosiy detallar 
oqimli (potochniy) usulda ishlab chiqariladi. Texnologik jihozlar texnologik 
jarayonni operatsiyalarini bajarish ketma-ketligi bo‘yicha joylashtiriladi va ish 
joylari mahsuslashtirilgan holda bo‘ladi. 
Oqimli (potochniy) tizim barcha ish joylarini yagona ishlab chiqarish 
mexanizmiga birlashtiradi. Oqimli (potochniy) tizimining to‘xtovsiz ishlashini 
quyidagilar ta’minlaydi. 


161 
1.Sinchiklab yaratilgan mahsulotni ishlab chiqarish texnologiya jarayoni; 
chiqarish taktidan chiqib kelgan holda barcha zvenolarning ritmik ishlashi. 
2.Ish joylarini zagotovkalar bilan rejali o‘z vaqtida ta’minlash. Buning 
uchun operatsiyalar oralig‘ida zagotovkalar zaxirasini tashkil qilish (stanokni 
majburiy to‘xtab qolishi hodisasini hisobga olish). 
3. Zagotovkalarni bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga operatsiyalar bajarilishi 
tartibida ko‘chirish, qo‘lda, ko‘pincha konveyer usulida va transporterlarda 
ko‘chiriladi. Oqimli (potochniy) usulida ishlash, ishlab chiqarish siklini 
qisqartiradi, seriyali ishlab chiqarishda oqimli (potochniy) ishlab chiqarish 
usulining har xil variantlari qo‘llaniladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin