159
10. Ishlab chiqarish turi bo‘yicha, lozim bo‘lgan texnologik hujjatlar
rasmiylashtiriladi.
8.5. Chizmalarni texnik talablarini tahlili
.
Detalni ishlashni
texnologik masalalarini va shartlarini aniqlash
Texnologik jarayonni yaratishdan oldin detal chizmasi va uni mahsulotda
yig‘ilgan birligidagi ishlash sharoitini batafsil o‘rganish yotadi.
Ishchi chizma detal to‘g‘risida to‘liq ma’lumot
berishi kerak; yetarli sonda
kesimlari, qirqimlari, proyeksiyalari, ko‘rinishlari bo‘lishi lozim; barcha yuzalarni
o‘lchamlari ko‘rsatilgan; yuzalarni shakllariga va joylashishiga texnikaviy talablar
va mahsus xossalariga (qattiqlik, sementatsiya chuqurligi) talablar keltirilgan
bo‘lishi kerak.
Chizmani rasmiylashtirishda albatta YeSKD qoidalariga rioya qilinishi
kerak. (YeSKD - bu konstruktorlik ishini bir butun tizimi).
Detallarni ishlashga qo‘yilgan texnik talablar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1. O‘lcham va yuza g‘adir-budirliklarining chegaraviy chetga chiqishi.
2. Shakl tekislilik, yumoloq emaslik va kesim profili quyimlari.
3.
Joylashishi, tekisliklar parallelligi, val bo‘yinchalarini ham o‘qliligi,
kesim profili va simmetrikligi va quyimlari.
4. Termik ishlash turi, ishchi yuzalarni qattiqligi, qoplama turi.
5. Mahsus xossalari: muvozanatni ta’minlash va boshqalar zarurligi.
Yuza qatlami sifati va shakl o‘lchamlari, hamda yuzalar joylashish
aniqliklari va detalga qo‘yilgan boshqa talablar tahlil qilinishida quyidagi
holatlarni ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi.
1. Mashina harakteristikasidan
kelib chiqqan holda, eksplutatsiya
sharoitlarini hisobga olib qo‘yilgan talablarni isbotlanishi, belgilangan aniqlik va
sifatga erishish.
2. Korxonadagi bor ma’lum texnologik usullar
bilan mexanikaviy ishlash
imkoniyati darajasidan foydalanish.
160
3. Ishchi chizmada yuzalarga qo‘yilgan talablarni bajarilishini, ma’lum
usullar bilan nazorat qilish imkoniyati.
Texnikaviy talablarni ko‘rilayotganda bu detalni yasashdagi texnologik
masalalar aniqlanadi.
Imkoniyati boricha zagotovkani mavjud ishlab turgan turdosh yoki guruhli
texnologik jarayonga moslab ishlash maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: