1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
7.3. Statik sozlash 
 
Har xil kalibr va etalonlar bo‘yicha qirqish asbobini ishlamay turgan 
stanokka o‘rnatish statik sozlash usuli deyiladi. 
Asbobni o‘rnatishni vaqtini qisqartirish uchun asbob detal etalon yoki 
mahsus kalibr vositasida amalga oshiriladi va o‘rnatiladi. Keskich kalibr yuzasiga 
tekkizib so‘ng mahkamlanadi. Bir vaqtda tirgak o‘rnatiladi. Ko‘p hollarda asboblar 
mahsus o‘rnatuvchi moslamalar vositasida o‘rnatiladi. 
Statik sozlashda yuqori aniqlikdagi detalni olish qiyin. Chunki, SMAD 
tizimi deformatsiyasi natijasida ishlangan detal o‘lchami katta bo‘ladi 
(qamranuvchilar uchun) yoki kichkina bo‘ladi (qamrovchilar uchun). 
Ishlanayotgan detallarning haqiqiy o‘lchamlarini chizmadagi o‘lchamlarga 
nisbatan o‘zgarishini (xatolikni) kompensatsiyalash uchun, o‘rnatuvchi kalibrlar 
yoki detal etalonlari yasaladi. Kalibr yoki o‘lchamlarni statik sozlashda qandaydir 
to‘g‘irlovchi kattalikka 
chizma o‘lchamiga nisbatan, chetga chiqish bilan 
yasaladi. Bu holda hisobli sozlash o‘lchami
quyidagi ifoda bo‘yicha 
aniqlanadi va o‘lchamga qarab o‘rnatuvchi kalibr yasaldi: 
(7.1) 
bu yerda, 
stanok, sozlangandan keyin olinishi lozim bo‘lgan detal o‘lchami. 
Agar stanokni sozlash detalni quyim maydoni o‘rtasi bo‘yicha olib borilsa, u holda 
(7.2) 


143 
By yerda: (L
e.kich
. va L
e.katta
- chizma bo‘yicha detal o‘lchamlarining eng 
kichik va eng katta chetga chiqish o‘lchamlari). 
to‘g‘rilagich qiymati, bu, SMAD tizimi deformatsiyasini va yuza 
g‘adir-budirligini (bu yuzaga qarab sozlanadi) hisobga oladi. Ifoda (7.1) minus 
ko‘rsatgichi val ishlanayotganda, plyus esa teshik ishlanayotganda olinadi. 
(7.3) 
bu yerda, 
-qirqish kuchlari ta’sirini hisobga oladi. 
- ishlanayotgan detal yuzalari g‘adir-budirligini hisobga oladi.
- shpindel podshipnigidagi tirqish kattaligini hisobga oladi. 
Bir tomonlama ishlanganda 
(7.4) 
bu yerda, 
- qirqish kuchining normal tashkil etuvchisi, kG(kn), 
j- SMAD tizimi bikirligi, (kN/m). 
Ikki tomonlama ishlanganda (silindr yuzalarini ishlanganda) 
- qiymati 
ikkiga ko‘paytiriladi. Keskichni kalibr bo‘yicha o‘rnatilayotganda keskich 
cho‘qqisi mahsulotda chuqurlik qoldiradi, o‘lchamni o‘lchash esa g‘adir-budirlikni 
cho‘qqisi bo‘ylab olib boriladi. Shuning uchun: 
R
z
(7.5) 
bu yerda, R

- g‘adir-budirlik balandligi, mm. 
Ikki tomonlama ishlashda bu ham ikkiga ko‘paytiriladi. Bir tomonlama 
ishlanganda 
- diametr bo‘yicha tirqishning yarmisiga teng va stanokning tipi va 
markasiga bog‘liq. Ikki tomonlama ishlashda bu qiymat ikki marta kattalashtiriladi. 
Masalan, oddiy aniqlikdagi tokarlik stanogi uchun 
=0,04 mm, aniqligi yuqori 
bo‘lgan tokarlik stanoklari uchun 
=0,02 mm. 


144 
Normal aniqlikdagi tokarlik stanoklari uchun statik sozlashda 6-kvalitet 
aniqligi uchun to‘g‘rilash koeffitsiyetni 
=0,106 mm yuqori aniqlikdagi 
stanoklar uchun 7-kvalitet aniqligi uchun 
=0,04 mm bo‘ladi. 
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bu koeffitsiyentni aniqlash xatoligi, o‘z 
qiymatining 50% gacha yetishi mumkin. 
Shuning uchun ham boshqa xatoliklar (detal - etalonni o‘rnatish xatosi, 
keskichni etalon bo‘yicha o‘rnatish xatosi va h.k.) mavjud bo‘lgani uchun ham 
statik sozlash 4-kvalitetdan ortiq aniqlikni ta’minlay olmaydi. Bu statik sozlashdan 
so‘ng, dinamik sozlashni o‘tkazishni talab qiladi. Buning uchun keskich va 
tirgaklar holatini guruhdagi birinchi detallarni ishlashda sozlashni talab qiladi.

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin