Nazorat savollari: 1.
Avtomobil yo„llarining texnik va ma‟muriy tasnifi haqida nima bilasiz?
2.
Avtomagistrallarga qaysi toifadagi yo„llar kiradi?
3.
Avtomagistrallarda hisobiy tezlik qancha belgilangan?
4.
Avtomobil yo„llarining elementlari haqida nima bilasiz?
5.
Avtomobil yo„llariga qo„yiladigan talablar nimalardan iborat?
6.
Harakat miqdori va tarkibi haqida nimalarni bilasiz?
7.
Yo„ldagi hisobiy tezlik deganda nimani tushunasiz?
8.
Avtomobil yo„lini jihozlash elementlari haqida nima bilasiz?
9.
Yo„l ko„ndalang kesimi deb nimaga aytiladi?
10.
Yo„l poyi deb nimaga aytiladi?
11.
Qatnov qismi kengligini nimaga asosan belgilaymiz?
12.
Yo„l qatnov qismi, yo„l cheti va ularning bajaradigan vazifalari nimalardan
iborat
4-MA‟RUZA: AVTOMOBIL YO„LLARIDAGI SUN‟IY INSHOOTLAR Reja: 1.
Avtomobil yo„lidagi sun‟iy inshootlar turlari.
2.
Suv o„tkazuvchi quvurlar va ularning elementlari.
3.
Ko„priklar va ularning turlari.
4.
Ko„priklar, yo„lo„tkazgichlar va estakadalarning elementlari.
5.
Tonellar, tirgak va himoya devorlari.
Tayanch so„zlari: sun‟iy inshootlar, suv quvurlari, ko„priklar, kichik
ko„priklar, estakadalar, yo„l o„tkazgichlar, tonellar.
1. Avtomobil yo„lidagi sun‟iy inshootlar turlari. Avtomobil yo„llarida suv
o„tkazuvchi quvurlar, ko„priklar, estakadalar, yo„lo„tkazgichlar, tonellar, tirgak va
himoya devorlari quriladi. Bu inshootlardan suv o„tkazuvchi quvurlar va kichik
ko„priklar eng ko„p tarqalgan. Yo„l poyi orqali toshadigan suvlarni o„tkazish uchun
inshoot – lotoklar kam tarqalgan (4.1-rasm).
25
4.1-rasm. Avtomobil yo„llaridagi sun‟iy inshootlar: a - harakat ustidan bo„lgan to„sinli ko„prik; b - ochiq fermali ko„prik (harakat pastdan); v - arkali ko„prik; g - arka - konsolli ko„prik; d - ramali ko„prik; e - osma ko„prik; j - aralash tizimli ko„prik; z - suvo„tkazuvchi quvurlar; i - ko„prikli o„tish sxemasi; 1 - ko„prikka tutashma; 2 - oraliq qurilma; 3 - tirgak; 4 - tayanch; 5 - ko„prik; 6 - oqimni yo„naltiruvchi damba; 7 - izga soluvchi inshoot