O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


-mavzu. Debitorlik - kreditorlik qarzlari va aylanma mablag’lar



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/96
tarix28.08.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#140843
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   96
IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT

12-mavzu. Debitorlik - kreditorlik qarzlari va aylanma mablag’lar 
aylanish koefisiyentining tahlili 
Dars o’quv maqsadi. 
Dars o‟quv maqsadi bo‟lib, debitorlik - kreditorlik
qarzlarining holatini va ularning aylanuvchanlik koeffisiyentlarini hamda aylanma 
mablaglar aylanish koeffisenti darajasini omilli tahlil qilish usulllarining mazmun 
mohiyatini yoritish va talabalarga ularni o‟rgatish hisoblanadi. 
Tayanch iboralar.
Debitorlar, kreditorlar, debitorlik karzlari, kreditorlik karzlari, 
debitorlik karzlarining aylanuvchanlik koeffisiyenti, kreditorlik karzlarining 
aylanuvchanlik koeffisiyenti. aylanma mablag‟lar aylanish koeffisiyenti 
Maruzani o’tish metodi. 
Maruza “Bilaman . Bilishni xohlayman . Bilib oldim “ va 
“Aqliy hujum” metodlarini qo‟llash orqali o‟tiladi. 
Asosiy savollar
12.1.Debitorlik va kreditorlik qarzlari holatining tahlili
12.2. Debitorlik - kreditorlik qarzlari aylanuvchanlik koeffisiyentlarining tahlili 
12.3. Aylanma mablaglar aylanish koeffisentining tahlili 
Asosiy o’quv materiallarining qisqacha bayoni
12.1.Debitorlik va kreditorlik qarzlari holatining tahlili
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning moliyaviy ahvolini mustahkamlashning 
shart-sharoitlaridan biri bo‟lib, hisob-kitob ishlarini to‟g‟ri yo‟lga qo‟yish va moliyaviy 
intizomga qat‟iy rioya qilish hisoblanadi. 
Moddiy ne‟matlar va xizmatlar bilan bog‟liq bo‟lgan barcha hisoblashuvlar umuman 
olganda «Debitor va kreditorlar bilan bo‟ladigan hisob-kitoblar» tariqasida yuzaga 
keladi. 
Ko‟pgina korxonalarda moliyaviy ahvolning yomonlashuviga katta hajmdagi 
debitorlik va kreditorlik qarzlarining to‟planib qolishi sababchi bo‟ladi. Debitorlik 
qarzlarning katta hajmda paydo bo‟lishi korxona mablag‟larini muomaladan chiqaradi, 
o‟z aylanma mablag‟larining yetishmovchiligiga sababchi bo‟ladi, natijada kreditorlik 
qarzlarining oshishiga olib keladi, bular hammasi moliyaviy holatga salbiy ta‟sir qiladi. 


48 
Shuning uchun ushbu qarzlar bilan bog‟liq bo‟lgan jarayonni uzluksiz ravishda 
o‟rganish va tahlil etib turish katta ahamiyatga egadir.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tahlili taqqoslash usuli yordamida quyidagi 
tartibda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda, debitorlik va kreditorlik qarzlarning 
tarkibi va tarkibiy tuzilishi o‟rganiladi. Buning uchun avvalo har bir qarz turi hajmi va 
uning hissasi aniqlanadi.Shundan keyin tahlil amalga oshiriladi.
Hisobot davrining oxiridagi qarzlarning hajmini davr boshidagi qarzlarning hajmiga, 
davr oxiridagi hissasini davr boshidagi hissasiga solishtirib, o‟zgarishi (ko‟paygan yoki 
kamayganligi) aniqlanadi. Ushbu o‟zgarish mutlaq va nisbiy ko‟rsatkichlar bilan 
ifodalanadi. 
Qarzlar bo‟yicha mutlaq o‟zgarishini aniqlash uchun davr oxiridagi summasidan davr 
boshidagi summasi chegirilib tashlanadi, nisbiy o‟zgarishini aniqlash uchun mutlaq 
o‟zgarish summasini 100 % ga ko‟paytirib, natijasini davr boshidagi summasiga bo‟lish 
kerak. Shundan keyin debitorlik va kreditorlik qarzlarning umumiy holatiga baho 
beriladi. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin