Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va


«Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish apparatlari



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/57
tarix30.08.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#141030
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57
«Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish apparatlari 
 
Bunday isitkichlar bir necha elementlardan tuzilgan. Har bir element 
katta diametrli tashqi truba va konsentrik holda joylashgan ichki trubadan 
iborat (20.1-rasm). Ichki trubadan isitilayotgan muhit harakat qilsa, 
trubalararo bo‗shliqdan esa sovitilayotgan agent harakat qiladi. 
20.1-rasm. «Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish apparati: 
I-II
- issiqlik tashuvchi agentlar; 
1-
ichki truba; 
2-
tashqi truba; 
3-
kalach;
4-
birlashtiruvchi patrubka 
Ichki trubaning va trubalararo bo‗shliqning ko‗ndalang kesimlari 
kichik bo‗lganligi sababli kichik sarflarda ham issiqlik tashuvchi agentlarni 
katta tezliklar bilan o‗tkazish mumkin. Shuning uchun bu isitkichlarda 
yuqori ko‗rsatkichli issiqlik o‗tkazish koeffitsiyentiga erishish mumkin va 
apparatning massa birligiga to‗g‗ri keladigan issiqlik miqdori kojux-trubali 
isitkichlarga nisbatan yuqori bo‗ladi. Bundan tashqari, issiqlik tashuvchi 


83 
agentlarning tezligi katta bo‗lgani uchun, trubalarning yuzasida har xil 
iflosliklar hosil bo‗lmaydi. 
Bu tipdagi isitkichlar yuqori bosimda va issiqlik tashuvchi agentlarning 
sarflanish miqdori kam bo‗lganda ham ishlaydi. Ularning afzalligi: issiqlik 
tashuvchi agentlar katta tezlikka ega bo‗lganligi uchun issiqlik o‗tkazish 
koeffitsiyentining qiymati ham katta, apparatni tayyorlash oson. 
Kamchiliklari: 
o‗lchamlari 
katta, 
issiqlik 
almashinishda 
qatnashmaydigan tashqi trubalarga ko‗p metall sarflanganligi uchun 
apparatning qiymati katta, trubalar o‗rtasidagi bo‗shliqni tozalash qiyin. 
 
Nazorat savollari 
1. Issiqlik almashinish jarayonida ishtirok etuvchi jismlar qanday 
nomlanadi? 
2. Issiqlik o‗tkazuvchanlik yo‗li bilan issiqlikning tarqalishi qanday 
tenglamalar bilan ifodalanadi va tenglamalar to‗g‘risida ma‘lumot bering? 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin