GSHU-65 rusumli gidravlik shрris. Shpris (25.1,
a, b - rasm
) go‗sht kombinatlarida keng tarqalgan. U qiyma uchun hajmi 65
l bo‗lgan
ishchi silindrdan 1 iborat. Silindr cho‗yandan quyish yo‗li bilan
tayyorlangan, ichida porshen va zichlash halqalari mavjud. Halqalar
qiymaning porshen osti bo‗shlig‗iga tushishdan asraydi.
97
a) b)
25.1-rasm. GSHU-65 rusumli gidravlik shрris:
a – umumiy ko‗rinish; b- kinematik sxema: 1- ishchi silindr;
2- silindr qopqog‗i;
3- bosgich (traverza);
4- shturval; 5-juftlangan
sevka;
6- qiyma silindri porsheni; 7-shtok;
8- moy silindri porsheni;
9- elektrodvigatel;
10- shesternyali nasos; 11- saqlanish klapani;
12- taqsimlash krani;
13- sevka krani.
Qiyma silindri porsheni 6 shtok 7 orqali porshen 8 bilan qattiq
ulangan. Shuning bilan ikkala porshenlar birga harakat qilishadi. Qiyma
silindri 1 yuqori qismidan qopqoq 2 va zichlashtirish halqasi bilan
berkitilgan. Qopqoq traverza 3 bilan shturval 4 yordamida zich siqiladi.
Qiyma chiqishi uchun silindrning ikkala tomonidan ikkita juftlangan
naycha (sevka) 5 o‗rnatilgan. Ular kran 13 bilan berkitiladi. Sevkalar
bittalik bo‗lishi ham mumkin. Juftlangan sevkalar shpris unumdorligini
oshirish imkoniyatini beradi.