Qurilmani ishga tayyorlash. 1.Apparat plastinkalarini qisib
shkaladagi tegishli chiziqchaga to‗g‗ri keltiriladi, shunda apparat
germetiklashadi. Agar qurilma ishga tushirilganda apparatga faqat bitta
issiqlik almashinuvchi muhit, chunonchi, suyuqlik kirsa, ya‘ni
plastinkalarga bir tomonlama bosim ta‘sir etsa, u holda plastinkalarning
zichlash qistirmalari orqali bir oz sizish sodir bo‗lishi mumkin. Buni
bartaraf etish uchun plastinkalarni yana bir bor qisishga hojat yo‗q, chunki
sovituvchi suv yoki namakob yuborilganda zarur germetiklikka erishiladi,
ya‘ni plastinkalarga ikki tomonlama baravar bosim ta‘sir etadi.
2. Apparat shtutserlariga suyuqlik va suv (namakob) trubalari
tutashtiriladi. Sovuq suv trubasini ham, namakob trubasini ham sovuq
agentni boshqa apparatlarga o‗tkazmay turib, bevosita sovitish
mashinasining bug‗latkichiga tutashtirish maqsadga muvofiqdir. Artezian
qudug‗idan olinayotgan suvni ham to‗g‗ridan-to‗g‗ri magistral trubadan
tutashtirgan ma‘qul. Bu shartlar buzilganda sovituvchi suv yoki
namakobning belgilangan berilish karraliligi buzilishi tufayli sovitish
rejimi yetarlicha turg‗un bo‗lmaydi.
3. Suyuqlik kommunikatsiyalari orqali qaynoq (85
0
C) suv o‗tkazib
qurilma mikroblardan tozalanadi.
Qurilmani ishga tushirish. 1. Qurilmaning elektr sxemasi elektr tarmog‗iga ulanadi.
2.Boshqarish sistemasi ishini o‗tkazish pereklyuchateli «Avt» holatiga
qo‗yiladi.
3. Sovitkichga mahsulot uzatuvchi nasos ishga tushiriladi.
4. Mahsulot sovitkichga kirgandan keyin namakob va artezian suvi
uzatish liniyasidagi ventil ochiladi. Suyuqlikni apparat orqali beto‗xtov
o‗tkazish qurilmasini to‗g‗ri ishga tushirishning zarur sharti hisoblanadi.
Aks holda namakobdan foydalanishda apparat yaxlab qolishi mumkin.
Suyuqlik kelishi to‗xtaganda namakob berilishini ham darhol to‗xtatish
zarur. Sun‘iy sovuqni tejash maqsadida artezian suvining uzatilishi mazkur
94
haroratga mos keladigan qilib rostlanadi. Suv haroratsi past bo‗lganda
sovuqlik sarfi mos ravishda kamaytirilishi zarur.