Qurilmada suyuqlikni sovitish jarayoni. Suyuqlik nasos yordamida
birinchi seksiyaga uzatilib, bu yerda artezian suvi bilan uning boshlang‗ich
haroratsi 3–5
0
pasaytiriladi (sovitiladi). Suyuqlik apparatning ikkinchi
seksiyasida muzday suv yoki namakob bilan 4
0
C gacha uzil-kesil
sovitiladi. Sovigan suyuqlik apparatdan rezervuar-termosga to‗kiladi.
Suyuqlikning va sovuq agentning apparat orqali harakatlanish sxemasi
(24.2-rasm) chiziladi va unda issiqlik almashinuvchi muhitlarning
apparatga kirish va undan chiqish vaqtidagi haroratsi ko‗rsatiladi. Sovitish
qurilmasi muzday suv (1–2
0
C) olishga imkon beruvchi, oqar suv vositasida
sovituvchi sovitish qurilmasi bilan yoki namakobni sovitish qurilmasi
bilan komplektlanishi mumkin.
Qurilmaning ish rejimi. Sovitish qurilmasi ham avtomatik, ham
qo‗lda boshqarish rejimida ishlashi mumkin. Avtomatik boshqarish
elementlari ishdan chiqqan hollarda avtomatik rejimdan qo‗l bilan
boshqarish rejimiga o‗tish tavsiya etiladi.
Mahsulotning
chiqishi
Suvning
chiqishi
Suvning
kirishi
Namakopning
kirishi
Namakobning
chiqishi
Mahsulotning
chiqishi
Namakopning
kirishi
92
24.2-rasm. Plastinkali apparatda suyuqlik va sovuq agentning
harakatlanish sxemasi.
1 - sovuq agentni chiqarish patrubogi,
2 – s uv kiritish patrubogi
3 – issiqlik almashtiruvchi plastinka,
4 – suyuqlikni chiqarish
patrubogi,
5 – sovuq agentni kiritish patrubogi.
Qo‗l bilan boshqarish rejimida quyidagi ishlarni bajarish zarur:
1. Boshqarish rejimi pereklyuchatelini «Disk» holatiga o‗rnatish.
2. Apparatdan chiqayotgan suyuqlik haroratsini kuzatib turish.
Chiqayotgan suyuqlik harorati ko‗tarilganda sovituvchi suv yoki
namakobning sirkulyatsiyalanish sonini oshirish zarurligini esda tutish
lozim.
Qurilmani avtomatik ish rejimiga sozlashda quyidagi ishlarni bajarish
kerak:
1. Boshqarish sistemasini o‗tkazish pereklyuchatelini «Avt» holatiga
o‗rnatish.
2. Elektr energiyasi beruvchi tumblyorni «Vklyucheno» holatiga
o‗rnatish. Bunda signalizator lampasi yonishini kuzatib turish.
3. Elektron regulyator yordamida zarur suyuqlik sovitish haroratsini
o‗rnatish.
Sovitish haroratsi o‗zgarganligi to‗g‗risidagi dastlabki signal qarshilik
termometridan elektron blokka kirish joyiga kelishi va boshqarish signalini
oraliq relega berishi bilib olinadi. Oraliq relening kontaktlari orqali ijrochi
маҳсулот
сув
93
mexanizm ishga tushadi. Belgilangan sovitish haroratsiga qarab ijrochi
mexanizm ishga tushadi yoki to‗xtaydi, namakob yoxud muzday suvning
sirkulyatsiyalanish soni ortadi yoki kamayadi.